6-sinf Botanika - o'simliklar haqidagi fan

6-sinf Botanika - o'simliklar haqidagi fan

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
6-sinf Botanika - o'simliklar haqidagi fan - rasmi

Material tavsifi

1-§. BOTANIKA - O'SIMLIKLAR HAQIDAGI FAN 6-sinf botanika darsligi asosida. 2017. Tabiatni rang-barang o'simliklar olamisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Yer yuzida o'simlik turlari juda keng tarqalgan. Bu o'simliklarni jazirama cho'llardan tortib, to baland tog'lar cho'qqisigacha bo'lgan turli tuproq va iqlim sharoiti-da uchratish mumkin. Tabiatda dengiz, daryo, ko'l va ka-nallarda, shuningdek, botqoqliklarda o'sadigan o'simliklar ham kam emas. Ular uzoq yillar davomida turli sharoitda o'sishga moslashgan. Hozirgi vaqtda yer yuzida o'simliklarning 500 dan ortiq turi borligi aniqlangan. O'zbekistonda tabiiy holda o'sadigan yuksak o'simliklarning 4500 turi ma'lum. O'simliklarning tashqi va ichki tuzilishi, ularning tashqi muhit bilan o'zaro munosabatini, o'simliklarning o'sishi va rivojlanishida sodir bo'ladigan hayotiy jarayonlar: oziqlanish, suv bug'latish, fotosintez jarayonlarini, o'simliklarning kelib chiqishini, yer yuzida tarqalishi qonuniyatlarini hamda o'simliklar dunyosini ularning belgilariga asoslanib, ma'lum bir sistemaga solishni, ulardan oqilona foydalanish va mu-hofaza qilish usullarini biologiyaning bir bo'limi bo'lgan «Botanika» fani o'rganadi. Botanika so'zi yunoncha «bo-tane» so'zidan olingan bo'lib, ko'kat, o't, o'simlik degan ma'nolarni bildiradi. «Botanika» fanining asosiy bo'limlari. «Botanika» fani bir-biri bilan uzviy bog'liq bo'lgan bir qancha bo'limlarni o'z ichiga oladi. Jumladan, o'simliklar morfologiyasi o'simliklar organ-larining tashqi tuzilishini o'rganadi. O'simliklar anatomiyasi o'simliklarning ichki tuzilishini, o'simliklar fiziologiyasio'simliklardagi hayotiy jarayonlarni: nafas olish, fotosintez, mineral moddalarning qabul qilinishi, suv bug'latish kabi jarayonlarni o'rganadi. O'simliklar sistematikasi o'simliklarning kelib chiqishi va belgilari asosida ularni alohida guruhlarga birlashtiradi, ya'ni klassifikatsiya qiladi. O'simliklar embriologiyasi o'simliklaming ko'payish a'zolarining tuzilishi, ko'payish bilan bog'liq jarayonlarni o'rganadi. O'simliklaming Yer sharida tarqalish qonuniyatlarini o'rganadigan bo'lim geobotanika deyiladi. O'simliklaming tashqi muhit bilan bo'lgan munosabatlandagi qonuniyatlami va tashqi muhit omillarining o'simlikka ta'sirini o'simliklar ekolo-giyasi o'rganadi. Paleobotanika qazilma o'simliklar to'g'-risidagi fandir. Algologiya suvo'tlaming, briologiya yo'sinlaming, lixenologiya lishayniklarning tuzilishi, hayot kechirishi, tarqalishini o'rganadi. O'simliklar tirik organizmlardir. Ular barcha tirik organizmlar kabi hujayralardan tashkil topgan. O'simliklar oziqlanadi, nafas oladi, ta'sirlanadi, o'sadi, rivojlanadi, ko'payadi. O'simliklaming tabiatdagi ahamiyati. Jonli tabiatni o'simliklarsiz tasavvur etib bo'lmaydi. Yashil o'simliklar fotosintez jarayonida organik moddalarni hosil qiladi. Bu organik moddalar tirik organizmlar uchun oziq manbayidir. Fotosintez jarayonida tirik organizmlaming nafas olishi uchun zarur kislorod ajralib chiqadi. O'simliklar havoni kislorod bilan boyitib, havodagi karbonat angidrid gazini yutadi. O'simliklar tuproqning unumdorligini oshiradi va uni yemirilishdan saqlaydi hamda tuproq hosil bo'lishida ishtirok etadi. Aksariyat o'simlik turlari: shuvoq, yantoq, beda, sebarga, izen, keyreuk, saksovul, javdar kabi o'simliklar chorva mollari uchun to'yimli ozuqa hisoblanadi. O'simliklaming odamlar hayotida tutgan o'mi benihoya katta. Ulardan odamlar uchun oziq-ovqat mahsulotlari, ki-yim-kechak, qurilish materiallari, uy-ro'zg'or buyumlari, qog'oz, dori-darmon va boshqa mahsulotlar tayyorlanadi. O'simliklar hayotimiz ko'rki va tabiat go'zalligidir. Hovliga, maktab tajriba dalasi va istirohat bog'lariga ekilgan rang-barang ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.19 MB
Ko'rishlar soni 242 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:08 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.19 MB
Ko'rishlar soni 242 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga