6-sinf Botanika Barglarda organik moddalarning hosil bo'lishi

6-sinf Botanika Barglarda organik moddalarning hosil bo'lishi

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
6-sinf Botanika Barglarda organik moddalarning hosil bo'lishi - rasmi

Material tavsifi

27-§. BARGLARDA ORGANIK MODDALARNING HOSIL BO'LISHI 6-sinf botanika darsligi asosida. 2017. O'simliklar, ayniqsa, urug'lar tarkibida (uning turiga qarab) har xil miqdorda suv, mineral tuzlar va organik mod­dalar (kraxmal, shakar, moy va oqsil moddalar) bo'ladi. Bu organik moddalar o'simliklarning qaysi qismida qanday hosil bo'ladi, degan savol tug'iladi. Olimlar ko'pgina tajriba-lar asosida organik moddalar barg etining hujayralarida va o'simliklarning boshqa yashil organlari hujayralarida hosil bo'lishini aniqlashgan. O'simliklarda quyosh nuri ta'sirida va xlorofill donacha-lari ishtirokida anorganik moddalardan organik moddalar hosil bo'lishi va havoga kislorod ajralib chiqish jarayoni fotosintez deyiladi. Fotosintez - yunoncha so'z bo'lib, «fo-tos» - yorug'lik va «sintez» - qo'shish, birlashtirish de­gan ma'noni anglatadi. Ijodiy faoliyatining asosiy qismini yashil o'simliklardagi fotosintez jarayonini o'rganishga bag'ishlagan va fanga o'zining munosib hissasini qo'shgan rus olimi A. Timirya-zevdir. U o'zining «Quyosh, hayot va xlorofill» nomli kito-bida fotosintez jarayonini asoslab bergan. O'simliklar suv va unda erigan mineral modda (tuz)lar-ni tuproqdan ildiz tukchalari orqali so'rib olishi sizlarga ma'lum. Suv va unda erigan mineral moddalar ildiz bosim kuchi ostida dastlab ildiz tukchalariga, ulardan ildiz naycha-lariga sizib o'tadi, so'ngra poyaga, va nihoyat, barg tomirla-ridagi naychalar orqali barglarga o'tadi. Barg hujayralariga suv bilan bir vaqtda og'izchalar orqali havodan karbonat angidrid gazi kiradi. Barg eti hujayralaridagi xlorofill do-nachalari ishtirokida va yorug'lik ta'sirida organik moddalar hosil bo'ladi Karbonatnat angidrid Kislorod Suv Quyosh nurlari Bu jarayonda xlorofill donachalarida karbonat angidrid suv bilan birikadi. Natijada, dastlab shakar, so'ngra kraxmal hosil bo'ladi. Karbonat angidrid suv bilan birikkanda, shakar-dan tashqari yana erkin kislorod gazi ajralib, og'izchalar or­qali havoga chiqadi. O'simliklar hujayrasida faqat shakar va kraxmal emas, balki ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.35 MB
Ko'rishlar soni 206 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:08 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.35 MB
Ko'rishlar soni 206 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga