6-sinf Botanika Barglarning ichki tuzilishi

6-sinf Botanika Barglarning ichki tuzilishi

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
6-sinf Botanika Barglarning ichki tuzilishi - rasmi

Material tavsifi

18-§. BARGLARNING ICHKI TUZILISHI 6-sinf botanika darsligi asosida. 2017. Barglar ham, o'simliklarning boshqa organlari kabi hujayralardan tuzilgan. Birorta o'simlikning yangi bargi-dan ko'ndalangiga yupqa kesib olib, buyum oynasidagi bir tomchi suvga joylanadi, so'ngra ustidan qoplagich oyna yopib, mikroskopda ko'riladi. Barg yaprog'ining ustki va ostki tomoni po'st bilan qop-langan. Uning hujayralari bir-biriga zich yondashgan. Barg po'stining deyarli hamma hujayralari shaffof bo'lib, ular orqali yorug'lik barg ichiga o'tadi. Po'st bargning ichki qatlamlarini shikastlanishdan va qurib qolishdan saqlaydi. Barg po'stida yana loviyasimon juft hujayralar bo'lib, ularda sitoplazma va yadrodan tashqari, yashil tusdagi plastidalar ham bo'ladi. Ular barg og'izchalari hujayralari deyiladi. Og'izchalar barglarning faqat ostki tomonida emas, balki ustki tomonida ham bo'ladi. Barglarning ustki va ostki tomonidagi po'sti oralig'ida barg eti hujayralari joylashgan. Ular qobiq hamda sito-plazma, yadro, xlorofill donachalaridan tashkil topgan. Barg eti hujayralari bir necha qavat bo'lib joylashgan. Ustki po'st tagidagi qavat ustunchalarga o'xshash cho'ziq hujayralardan tashkil topgan. Uning ostida ovalsimon va yumaloq shakldagi hujayralar joylashgan. Bargning ko'ndalang kesmasida to-mirlarni ko'rish mumkin. Ular ichida qalin devorli o'lik hujayralardan tash­kil topgan o'tkazuvchi naylar joylash­gan. Shuningdek, tomirlarda naycha-lardan tashqari, cho'ziq, bir-biri bilan zanjir shaklida ulangan tirik hujayralar ham bor. Bu hujayralar to'rga o'xshab, bir-biri bilan ko'p sonli teshikchalar orqali tutashgan elaksimon naychalarni hosil qiladi. Bulardan tashqari, tomirlarda yana po'sti qalin, pishiq, juda uzun hujayra (tola)lar ham bo'ladi. Bular bargga mustahkamlik beradi. Bargdagi tomirlarda suv va unda erigan oziq moddalar harakatlanadi. O'tkazuvchi naylar, elaksimon naylar va tolalar birgalikda barg tomirining nay tolali boylamlarini hosil qiladi. Tomirlar barg etining hamma qismiga kirib boradi. Savol va topshiriqlar Bargning ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.4 MB
Ko'rishlar soni 211 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:08 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.4 MB
Ko'rishlar soni 211 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga