15-§. BARGLARNING TASHQI TUZILISHI 6-sinf botanika darsligi asosida. 2017. Barg - novdaning yon vegetativ organi. Barg quyida-gi funksiyalarni amalga oshiradi: fotosintez, suv bug'latish - transpiratsiya, gaz almashinuvi va vegetativ ko'payish-ga xizmat qiladi Ko'pchilik o'simliklarning bargi va bargchalari aniq ko'rinib turadigan va ko'z bilan ko'rib bo'lmaydigan tomirli bo'ladi Odatda, ular bargning orqa tomonida yaxshi ko'rinadi. Tomirlar barg. bandidan bargga o'tib shoxlanadi. Shu tomirlar tufayli barg mustahkam bo'ladi. Barg, asosan, ikki qismdan: barg yaprog'i va barg bandidan tashkil top-gan. Ayrim o'simliklar barg bandining pastki qismida yon barg-chalar ham bo'ladi. Barglar poyaga yoki novdaga, odatda, barg bandi bilan birikadi. Ba'zi o'simliklarning bargi bandsiz bo'ladi. Bunday barglar bandsiz barg deyiladi Bandsiz barglar poyaga yaprog'ining pastki (ostki) qismi bilan birikadi. Olma, o'rik, nok, terak, yong'oq, anjir, tok, bodring, qovun kabi mevali va poliz ekinlari, manzarali o'simliklarning bargi bandli; lola, shi-rach, gulsafsar, bug'doy, makkajo'xori, arpa, sholi kabi o'simliklarning bargi bandsiz bo'ladi. O'simliklar turiga qarab, tomirlari turlicha shoxlanadi. Ular o'simliklarni bir-biridan farq qilishda muhim rol o'ynaydi. Masalan, ikki urug'pallali o'simliklar bilan bir urug'pallali o'simliklarni bir-biridan farq qilishda, asosan, ularning tomiriga e'tibor beriladi. Ikki urug'pallali o'simliklarning bargi, odatda, patsimon va panjasimon (to'rsimon) tomirlan-gan. Ularni, ayniqsa, terak, chinor, olma, o'rik, nok, tut, g'o'za kabi o'simliklar bargida yaxshi ko'rish mumkin Bir urug'pallali o'simliklardan bug'doy, arpa, makkajo'xori, oqjo'xori, g'umay kabi o'simliklarning barg-lari parallel va yoysimon tomirlangan. Poyadan kelayotgan suv va unda erigan oziq moddalar tomirlar bo'ylab barg-larga keladi va barglarda hosil bo'lgan fotosintez natijasida hosil bo'lgan organik moddalar poyaga o'tadi. Savol va topshiriqlar Barg qanday qismlardan tashkil topgan? Qanday barglar bandsiz ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 15:09:03
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.2 MB
Ko'rishlar soni
177 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:08
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 15:09 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.2 MB
Ko'rishlar soni
177 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:08 ]
Arxiv ichida: pptx