21-§. GULLARNING XILMA-XILLIGI 6-sinf botanika darsligi asosida. 2017. Gullar bir jinsli yoki ikki jinsli bo'ladi. Bitta gulda ham changchi, ham urug'chi bo'lsa, bunday gul ikki jinsli gul deyiladi (o'rik, gilos, olma, shaftoli). Juda ko'pchilik o'simliklarning guli ikki jinsli bo'ladi. Gulda faqat urug'chi yoki changchining o'zi bo'lsa, bunday gul bir jinsli gul deyiladi (tol, gazanda, tut, terak, qayin). Agar gulda faqat changchi bo'lsa, bunday gul changchili gul deyiladi. Aksincha, gulda faqat urug'chi bo'lsa, bunday gul urug'chili gul deb ataladi. Ayrim o'simliklarning bitta tupida ham changchili, ham urug'chili gul alohida-alohidajoylashadi. Bunday o'simliklar bir uyli o'simlik deyiladi. Bunga makkajo'xori va qovoqni misol qilib keltirish mumkin. Makkajo'xorining urug'chili gullari so'ta to'pguliga yig'ilgan, changchili gullari murakkab shingilga yig'ilgan (46-rasm). Bir turdagi o'simlikning changchili gullari bir tupda va urug'chili gullari boshqa tupda bo'lsa, bunday o'simliklar ikki uyli o'simlik deyiladi. Masalan: gazanda, terak, tol. Gullar to'g'ri va qiyshiq gullarga bo'linadi. Agar gulqo'rg'on ikkitadan ortiq teng bo'lakka ajralsa, u to'g'ri gul deyiladi (47-rasm). Masalan, olma, behi, shaftoli, g'o'za va na'matak. Agar gul faqat teng ikki bo'lakka ajralsa yoki umuman teng bo'lakka ajralmasa, u qiyshiq gul deyiladi. Bunga nastarin, gladiolus, kiyiko't, marmarak, isfarak, bi-nafsha, loviya, beda, angishvonagul, parpi, rayhon, burchoq va boshqalarning gullari kiradi (48-rasm). Savol va topshiriqlar Bir jinsli va ikki jinsli gullarni tushuntiring va ularga mi-sollar keltiring. Qanday o'simliklar bir uyli o'simliklar deyiladi? Ularga mi-sol keltiring. Qanday o'simliklar ikki uyli o'simliklar deyiladi? Misollar keltiring. Olmaning guli qanday tuzilgan? Olma guli lola gulidan qanday farq qiladi? ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 15:09:03
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx, docx
Fayl hajmi
4.3 MB
Ko'rishlar soni
205 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:13
Arxiv ichida: pptx, docx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 15:09 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx, docx
Fayl hajmi
4.3 MB
Ko'rishlar soni
205 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:13 ]
Arxiv ichida: pptx, docx