6-sinf Botanika Gulxayridoshlar oilasi

6-sinf Botanika Gulxayridoshlar oilasi

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
6-sinf Botanika Gulxayridoshlar oilasi - rasmi

Material tavsifi

50-§. GULXAYRIDOSHLAR OILASI 6-sinf botanika darsligi asosida. 2017. Bu oilaga asosan tropik, qisman mo'tadil iqlimli min-taqalarda tarqalgan 70 turkumga mansub 900 o'simlik turi kiradi. Gulxayridoshlarga, asosan o'tlar, qisman butalar va da-raxtlar kiradi. Ildizi o'q ildiz tizimli. Poyasi asosan tik. Barglari oddiy, yonbargli, uzun bandli, panjasimon tomirli, butun yoki o'yilgan, ko'pincha panjasimon bo'lakli. Gul-lari to'g'ri, ikki jinsli barg qo'ltig'ida yakka yoki shoxlar uchidagi to'pgulda joylashgan. Gulkosachasi 5 ta gulkosa-bargning qo'shilishidan hosil bo'lgan. Ko'pchilik vakillarida kosacha ikki qavatli. Ostki gulkosacha erkin holdagi yoki qo'shilgan gulbargchalardan tashkil topgan. Gultojbarglari 5 ta, erkin. Changchilari ko'p, iplari bir-biri bilan qo'shilib, urug'chini o'rab turadi. Urug'chisi bitta, uch yoki undan ko'p urug'chibarglarning qo'shilishidan hosil bo'lgan. Mevasi 3-5 uyli ko'sak yoki juda ko'p bir urug'li mevachalar-ga bo'linadigan yig'ma meva. Gulxayridoshlarning ko'p tarqalgan vakillaridan biri yerbag'ir tugmachaguldir U bo'yi 10-40 sm keladigan, bir yillik begona o't. Uni barcha sug'oriladigan yerlarda, ariqlar bo'yida va ekinlar orasida uchratish mumkin. Poyasi sershox, yer bag'irlab yoki yonboshlab o'sadi. Barglari uzun band yaprog'i deyarli yumaloq, 5-7 ga bo'lingan. Gullari barg qo'ltig'ida o'rnashgan. Gultojbarglari 5 ta, erkin, gulkosachabarglarga nisbatan 2 marta uzun. Changchilari ko'p, iplari birikkan, urug'chini o'rab turadi. Yerbag'ir tugmachagul apreldan sentabrgacha gullaydi. Mevasi quruq meva, 12-16 ta mevachadan tashkil topgan yig'ma meva. Tugmachagulning quritilgan bargi, guli va urug'i xalq ta-bobatida ichni yumshatuvchi dori sifatida ishlatiladi. Daryo va ko'llar sohilidagi to'qaylarda, semam yerlarda dorivor gulxayri o'sadi. U gulxayri turkumiga oid, bo'yi 70-150 sm keladigan ko'p yillik o't. Ildizidan tayyorlangan damlama ilmiy tabobatda yo'taiga qarshi ishlatiladi. O'zbekistonda g'o'za turkumiga mansub asosan 3 tur o'sadi. Bularning hammasi ham bir yillik madaniy o'simlik sifatida o'stiriladi. 1. Jaydai g'o'za - ko'saklari mayda. Tolasi mallarang, qisqa va dag'al. Vatani Afrika. Hozirgi vaqtda uni faqat tajriba maydonlarida uchratish mumkin. 2. Meksika g'o'zasi yoki oddiy g'o'za. 3. Misr g'o'zasi yoki Barbadoss g'o'zasi. Ostki gulko-sachabarglari 3 ta. Gullari yakka, yirik, kosachabarglari 5 ta, gultojbarglari sap-sariq limon rangida. Ko'saklari yirik, 3-4 chanoqli, yaxshi ochiladi. Tolasi uzun, ipakka o'xshash ma-yin, och sariq. Vatani Janubiy Amerika (Peru, Kolumbiya, Braziliya) Savol va topshiriqlar Gulxayridoshlar oilasiga xos belgilarni aytib bering. G'o'zaning guli qanday qismlardan tashkil topgan? Gulxayridoshlar oilasiga kiradigan qanday foydali va bego-na o'tlarni bilasiz? G'o'zaning ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.39 MB
Ko'rishlar soni 454 marta
Ko'chirishlar soni 27 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:13 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.39 MB
Ko'rishlar soni 454 marta
Ko'chirishlar soni 27 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga