6-sinf Botanika Ildiz turlari va tizimlari

6-sinf Botanika Ildiz turlari va tizimlari

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
6-sinf Botanika Ildiz turlari va tizimlari - rasmi

Material tavsifi

7-§. ILDIZ TURLARI VA TIZIMLARI 6-sinf botanika darsligi asosida. 2017. Ildiz yuksak o'simliklarning vegetativ organi bo'lib, o'simlikni tuproqqa biriktiradi, tuproqdan suv va unda erigan mineral tuzlarni shimadi va o'simlikning yer usti qismiga yetkazib beradi. Ildiz novdadan farq qilib, barg hosil qilmaydi. Ildizlar, odatda, asosiy, yon va qo'shimcha ildizlarga bo'linadi. Mo'rtakdagi boshlang'ich ildizning bevosi-ta o'sishidan asosiy ildiz hosil bo'ladi. Qo'shimcha ildizlar poyadan, bargdan hosil bo'ladi. Yon ildizlar asosiy va qo'shimcha ildizdan hosil bo'ladi. Bir tup o'simlikdagi ildizlar yig'indisi ildiz tizimi (sistemasi) deyiladi. Ildiz tizimining o'lchami va tuzilishi o'simliklar turiga, ildizining shoxlanishiga, qo'shimcha il-dizlarga hamda tuproq unumdorligiga bog'liq. Ildiz tizi­mi tuzilishiga ko'ra: o'q ildiz va popuk ildizga bo'linadi. Mo'rtakdagi boshlang'ich ildiz rivojlanishda davom etsa, undan yon ildizlar o'sib chiqadi, natijada o'q ildiz tizimi ho­sil bo'ladi. Bunday moslashish ko'pchilik ikki urug'pallali o'simliklarga xos. O'q ildiz tizimida asosiy ildiz yaxshi rivojlangan bo'lib, undan yon ildizlar o'sib chiqadi. Bu ildiz tizimi ikki urug'pallali o'simliklarga xos bo'lib, uni do'lana, terak, saksovul, na'matak, g'o'za, qovun, tarvuz, no'xat, loviya va mosh kabilar misolida ko'rish mumkin. Agar mo'rtakdagi boshlang'ich ildiz o'sishda davom etmasa, u holda boshlang'ich poyadan qo'shimcha ildizlar o'sib chiqadi. Natijada popuk ildiz tizimi hosil bo'ladi. Popuk ildiz tizimi mayda qo'shimcha va yon ildizlardan tashkil topadi. Uning asosiy ildizi yaxshi rivojlanmaydi. Bun-day ildizlar, asosan, bir urug'pallali o'simliklarda uchraydi (bug'doy, makkajo'xori, arpa). Demak, ildizlar kelib chiqi-shiga ko'ra, asosiy, yon va qo'shimcha ildizlarga bo'linadi. Shuningdek, o'q va popuk ildiz tizimlari ajratiladi. Mo'rtakdagi boshlang'ich ildiz rivojlanishi jarayonida o'sishda davom etsa, undan o'q ildiz tizimi hosil bo'ladi. Bun day moslashish ko'pchilik ikki ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.31 MB
Ko'rishlar soni 229 marta
Ko'chirishlar soni 30 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:08 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.31 MB
Ko'rishlar soni 229 marta
Ko'chirishlar soni 30 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga