6-sinf Botanika Ildizning ichki tuzilishi

6-sinf Botanika Ildizning ichki tuzilishi

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
6-sinf Botanika Ildizning ichki tuzilishi - rasmi

Material tavsifi

6-sinf botanika darsligi asosida. 2017. 8-§. ILDIZNING ICHKI TUZILISHI Ildizning ichki qismi ancha murakkab tuzilgan. Uni mik-roskopda ko'rish uchun maxsus preparat tayyorlanadi. Buning uchun ildiz bo'laklaridan ko'ndalangiga yupqa parrak ke-sib olinib, buyum oynasidagi suv tomchisiga yoki glitseringa qo'yiladi. So'ngra unga rang be-riladi va ustiga qoplagich oyna yopib qo'yiladi. Mikroskopda ildizning sirtqi qismi hujayra-lardan tuzilganligini va shu hu-jayralarning ayrimlaridan ildiz tukchalari chiqqanligini ko'rish mumkin. Har bir ildiz tukchasi bitta uzun hujayradan tashkil topgan. Bu hujayra esa yupqa qobiq, sitoplazma va yirik yadrodan tashkil topgan. Ildiz ana shu tukchalari orqali tuproqdan suv va unda erigan oziq moddalarni shimib oladi. Ildiz tukchalarining faoliyati 10-12 kun davom etadi. Keyin ildizning uchidagi shimuvchi qismidan yangi ildiz tukchalari o'sib chiqadi. Bu jarayon oisimliklarda uzluksiz davom etadi. Natijada ildiz tukchalari tuproqning ichkari qatlamlariga kirib boradi va o'simlikni suv va mineral tuz bilan ta'minlab turadi. Ildizning po'sti o'ziga xos hujayralardan tashkil top-gan. Po'st hujayralari tirik, yumaloq va yupqa qobiqli bo'ladi. Hujayralar orasida havo bilan to'lgan bo'shliqlar bo'lib, ildizdagi hujayralar ana shu havo bilan nafas oladi. Ko'ndalangiga kesilgan ildizning o'rta qismida qalin devorli yirik teshikchalar ko'rinadi. Bu teshikchalar o'rta (marka-ziy) qismdagi naychalardan iborat Ildizning po'sti o'ziga xos hujayralardan tashkil topgan. Po'st hujayralari tirik, yumaloq va yupqa qobiqli bo'ladi. Hujayralar o'rtasida havo bilan to'lgan oraliq bo'shliqlari bo'lib, ildizdagi hujayralar ana shu havo bilan nafas oladi. Ko'ndalangiga kesilgan ildizning o'rta qismida qalin devorli yirik teshikchalar ko'rinadi. Bu teshikchalar o'rta (markaziy) qismdagi naychalardan iborat. Yosh ildizni bo'ylamasiga kesmasini ko'rib chiqamiz. Ildizning uchki qismida hosil qiluvchi to'qima hujayra-laridan iborat bo'linuvchi qism joylashgan. Bu hujayra­lar tinmay bo'linib turadi. Bo'linish qismini tashqi tomondan ildiz qinchasi himoya qiladi. Bo'linish qismidan yuqorida o'suvchi qism joylashgan. Bu qismda hujayralar bo'linmaydi, balki o'sib, ma'lum funksiyani bajarishga ix-tisoslashadi. O'sish qismidan yuqorida so'ruvchi qism joylashgan bo'lib, bu qismda ildiz tukchalari hosil bo'ladi. Ildiz tukchalari ildizni qoplovchi hujayralardan hosil bo'ladi. Ildiz tukchalari orqali tuproqdan suv va unda yeri-gan mineral moddalar shimiladi. So'ruvchi qismidan yuqo-rida o'tkazuvchi qism joylashgan. Bu qismdagi o'tkazuvchi to'qima hujayralari orqali suv va unda erigan mineral mod­dalar yuqoriga - poyaga ko'tariladi, poya va barglarda hosil bo'lgan organik moddalar esa ildizga o'tadi. Makkajo'xorining ildizi poyadan atrofga 2 m, bosh piyozniki 60-70 sm gacha yoyiladi. Makkajo'xorining 1 mm2 so'rish qismida 700 ta ildiz tukchalari bo'ladi. Ildizning o'sishi. O'simliklar turiga va o'sish muhitiga qa-rab, ildizlar turhcha tezlikda o'sadi. Masalan, g'o'za niholla-rining ildizi bir kecha-kunduzda 2-3 sm o'sadi. Bunda o'sish ildiz uchidagi hujayralarning bo'linishi hisobiga sodir bo'ladi. Yantoq bor joyda suv bor, deyishadi. Haqiqatan ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 5.11 MB
Ko'rishlar soni 210 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:14 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 5.11 MB
Ko'rishlar soni 210 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga