52-§. ITUZUMDOSHLAR OILASI 6-sinf botanika darsligi asosida. 2017. Ituzumdoshlar oilasi vakillari Yer kurrasining mo'tadil iqlimli mintaqasida va tropiklarda keng tarqalgan. Ituzumdoshlarning ko'pchiligi bir yillik va ko'p yillik o'tlar, qisman yarim butalar yoki butalardir. Ildizi - o'qildiz tizimli. Poyasi tik, yonboshlab yoki yotib o'suvchi, ba'zan shakli o'zgargan yerosti novdalarini hosil qiladi (masalan, kartoshkada). Barglari oddiy, butun yoki bo'lingan. Gullari biroz qiyshiq, ba'zan to'g'ri ikki jinsli, yakka-yakka holda barglar qo'ltig'ida yoki shoxlar uchidagi gajak to'pgullarda joylashgan. Kosachasi bir-biri bilan qo'shilgan 5 ta gulko-sachabargdan tashkil topgan. Gultoji yarmigacha yoki uchi-gacha bir-biri bilan qo'shilgan 5 ta gultojbargdan tashkil topgan, turlicha rangda. Changchilari 5 ta, gultojbargining qo'shilishidan hosil bo'lgan nayga o'rnashgan. Urug'chisi bitta. Mevasi rezavor meva yoki ko'sakcha. Ituzumdoshlarga mansub yowoyi turlarning ko'pchiligi begona o'tlardan iborat. Ular orasida hammaga tanish qora ituzum ham bor. Qora ituzum - ituzum turkumiga oid bir yillik o't. Uni paxtazorlarda, polizlarda va boshqa ekinzorlarda, yo'l yoqalarida ham uchratish mumkin. Qora ituzumning bo'yi 25-50 sm. Poyasi sershox. Barglari oddiy, uzunchoq tuxumsimon. Gullari oqish, shoxlari uchida-gi gajak to'pgullarda 3 tadan 10 tagacha gul joylashgan. Gulkosachasi va gultoji 5 bo'lakli. Changchilari 5 ta. Urug'chisi 1 ta. Qora ituzum iyun oyi oxi-ridan to tupini sovuq urguncha gullayveradi. Sharsimon rezavor mevalari avgustning oxiri-da qorayib pishadi. Mevalari «C» darmondoriga boy, undan xalq tabobatida foydalaniladi. O'zbekistonda ituzum turku-miga oid 10 turdagi o'simliklar o'sadi. Bulardan kartosh-ka va baqlajon sabzavot ekini sifatida ko'p ekiladi Ituzumdoshlardan keng tarqalgan begona o'tlar qato-riga mingdevona va bangidevona turkumlari ham kiradi (117-, 118-rasmlar). Bularning har ikkalasi ham qo'lansa hidli, o'ta zaharli, shu bilan bir qatorda dorivor o'simlik hamdir. Ituzumdoshlarning O'zbekistonda ko'p ekiladigan vakil-laridan yana biri pomidordir. Ituzumdoshlarga garmdori (qalampir) va tamaki ham kiradi Tamaki barglari maxorka, papiros, sigara, zararli hasha-rotlarni nobud qiluvchi preparatlar va dorilar tayyorlash uchun ishlatiladi. Barglari tarki-bida kishining asab va qon-tomir tizimi (sistemasi)ga zararli ta'sir qiluvchi zaharli modda - nikotin bor Savol va topshiriqlar Ituzumdoshlar oilasiga xos belgilar nimalardan iborat? Ituzumdoshlar oilasiga kiruvchi turlar orasida zaharlilari bormi? Ituzumdoshlar gulining formulasi va diagrammasi qanday? Ituzumdoshlarga mansub qanday yowoyi o'simliklarni bilasiz? MAVZU: Ituzumdoshlar oilasi Darsning ta'limiy maqsadi: O'quvchilarni ituzumdoshlar oilasiga mansub yovvoyi va madaniy o'simliklarning tuzilishidagi o'ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirish. Darsning tarbiyaviy maqsadi: O'simliklar olamiga nisbatan ongli munosabatni tarkib toptirish, ekologik, iqtisodiy, estetik va axloqiy tarbiya berish. Darsning rivojlantiruvchi maqsadi.O'quvchilarning sistematik birliklar, o'simliklarning tuzilishi haqidagi bilimlari, kuzatish, o'simliklarni tanish va ajratish, darslik ustida mustaqil ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish. Darsni jihozlash. Ituzumdoshlar oilasi vakillarining: qora ituzum, qizil ituzum, kartoshka, pomidor,qalampir, baqlajon, tamaki kabilarning gerbariylari, ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 15:09:03
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.02 MB
Ko'rishlar soni
323 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:15
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 15:09 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.02 MB
Ko'rishlar soni
323 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:15 ]
Arxiv ichida: pptx