40-§. KO'P HUJAYRALI YASHIL SUVO'TLAR 6-sinf botanika darsligi asosida. 2017. Chuchuk suvlarda yashaydigan ko'p hujayrali suvo'tlar-ning ko'pchiligi oddiy yoki shoxlanib ketgan iplar shaklida bo'ladi. Ularga xos belgilardan biri o'sish davrida hujay-ralarining to'xtovsiz bo'linib turishi natijasida qattananing doim o'sib kattalashib borishidir. Bularga ulotriks, spirogira, kladofora va xara kabi suvo'tlar misol bo'ladi. Daryo va soylarimizda ko'p uchraydigan belbog'li ulotriks suv betiga yaqin joylashgan suv tagidagi toshlar, yog'ochlar va boshqa narsalarga yopishib o'sadi Ulotriks tanasi ipsimon tallomdan iborat bo'lib, zan-jirsimon tizilgan bir xil hujayralardan tashkil topgan. U shoxlamaydi. Uning suv tagidagi narsalarga birikkan hujayrasi rizoid deb ataladi. Boshqa hujayralari yashil, qisqa silindr shaklida bo'lib, bir qator joylashgan. Har bir hu-jayraning qobig'i, sitoplazmasi, mag'zi va o'rtasida belbog' ko'rinishidagi xromatoforasi bor. Ulotriks jinssiz va jinsiy yo'l bilan ko'payadi. Jinssiz ko'payishida ulotriks hujayrasi 4 yoki 8 ta hujayrachalarga bo'linadi. Yosh hujayrachalar ona hujayra qobig'ini yorib, suvga chiqadi. Ular 4 dona xivchini yordamida suvda suza boshlaydi. Bu hujayralar zoosporalar deb ataladi. Oradan bir qancha vaqt o'tgach, zoosporalar harakatdan to'xtab, suv tagidagi narsalarga yopishadi va ko'ndalangiga ikkiga bo'linadi. Pastki qismida rizoid hosil bo'ladi; ustki qis-mi esa xromatoforli bo'lib, suvo'tning vegetativ hujayrasini hosil qiladi. Vegetativ hujayraning o'sib, ko'p marta ko'ndalangiga bo'linishi natijasida ulotriksning ipi hosil bo'ladi. Ulotriksning jinsiy ko'payishida teng kattalikdagi ikki xivchinli izogametalar hosil bo'ladi. Ular suvda so'zib yuradi, bir-birlari bilan juft-juft bo'lib qo'shilib, zigota hosil qiladi. Zigota qalin po'st bilan qoplanadi va tinim davri tu-gagach to'rtta hujayraga bo'linadi. To'rtta hujayraning ham-masi o'sib, ulotriksning yangi ipiga aylanadi. Hovuzlarda, zovurlarda va sekin oqadigan suvlarda ko'p uchraydigan suvo'tlardan yana biri spirogiradk Spirogira iplari shoxlanmagan va yirik silindrsimon hu-jayralardan tuzilgan bo'lib, hech narsaga yopishmay, suvda erkin holda qalqib turadi. O'zbekistonning daryo, ko'l va suv omborlarida yashil suvo'tlardan kladoforani ko'p uchratish mumkin. U yirik, tallomi shoxlangan suvo't, uning bo'yi ba'zan 1 m ga yetadi. Ariq, hovuz, ko'l va sholipoyalarda keng tarqalgan begona o't - xara ham ko'p hujayrali suvo'tlar qatoriga kiradi. Uning bo'yi 30-60 sm uzunlikdagi ser-shox o'simlik. Savol va topshiriqlar Ulotriks xlorelladan qaysi jihatdan farq qiladi? Ko'p hujayrali yashil suvo'tlarning jinsiy ko'payishi qanday boradi? Kladofora va xaralar qanday tuzilishga ega? Suvo'tlarning qanday ahamiyati bor? Akademik A.M. Muzaffarovning suvo'tlami o'rganishga qo'shgan hissasi nimalardan iborat? ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 15:09:03
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.34 MB
Ko'rishlar soni
207 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:15
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 15:09 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.34 MB
Ko'rishlar soni
207 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:15 ]
Arxiv ichida: pptx