6-sinf Botanika Kurtak - rasmi

Material tavsifi

12-§. kurtak 6-sinf botanika darsligi asosida. 2017. kurtak - bu boshlang'ich novda. Vegetativ kurtak o'simliklarning boshlang'ich bargli novdasidir. Generativ kurtak esa boshlang'ich to'pgul yoki guldir. Har qanday novda kurtakdan hosil bo'ladi. kurtaklar, odatda, barglar qo'ltig'ida bittadan yoki bir nechtadan joylashadi. O'simliklarning turiga qarab kurtaklar mayda, yirik va turli shaklda bo'ladi. Terak, chinor, soxta kashtan, nastarin kabilarning ko'rtagi yirik; tut, tol, qayrag'och, o'rik, olma va boshqalarning ko'rtagi nisbatan mayda bo'ladi. Ana shunday kurtaklarga qarab o'simliklar turini aniqlash mumkin. kurtaklar novdada ketma-ket, qarama-qarshi halqa hosil qilib joylashadi. Shuningdek, ular novdaning uchida ham joylashadi. Novdaning uchida joylashgan kurtaklar uchki kurtak, yonida joylashganlari yon kurtak deb ataladi. Shuningdek, yana qo'shimcha kurtaklar ham bo'ladi. Quyida ko'pchilikka tanish manzarali o'simlik - terakning kurtaklari bilan tanishamiz. Ular novdada ketma-ket joylashadi, eng uchidagi kurtak yirik, pastdagilari maydaroq bo'ladi. Terakning kurtaklari tashqi tomondan pishiq qobiq (tan gacha barg) bilan o'ralgan. Bu qobiq ularni, ayniqsa, qishning qattiq sovug'idan, kasallik tug'diruvchi bakteriya, zamburug''lardan saqlaydi. kurtaklar uzunasiga kesib qaralsa, qobig'i ostida joylashgan boshlang'ich poyani va zich bo'lib joylashgan boshlang'ich barglarni ko'rish mumkin. Olimlarning ta'kidlashicha, kurtaklar qishki tinim davrini o'tsa, yaxshi o'sadi. Tajribadan shu narsa ma'lumki, kech kuzda barglar to'kilgandan keyin daraxt va butalar ning shoxlaridan kesib olib suvga solib qo'yilsa, kurtaklar ko'p vaqtgacha bo'rtmay turaveradi. Agar shoxchalar yanvarning ikkinchi yarmi va fevralda suvga solib qo'yilsa, kurtaklari tez o'sa boshlaydi. O'zbekiston sharoitida daraxt kurtaklari janubiy hududlarda (Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida) shimoliy hududlardagiga qaraganda oldinroq (yanvar oyidan) bo'rtadi. kurtaklarning bo'rtib, yangi barg yoki gul chiqarishi ma'lum bir vaqt ichida o'tadi. Bu davr faza deyiladi. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.87 MB
Ko'rishlar soni 183 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:08 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.87 MB
Ko'rishlar soni 183 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga