30-§. KUZ FASLIDA O'SIMLIKLAR HAYOTIDA RO'Y BERADIGAN O'ZGARISHLAR 6-sinf botanika darsligi asosida. 2017. Kuzda o'simliklarda sodir bo'ladigan muhim biologik o'zgarishlardan biri xazonrezgilikdir. Ba'zi o'simliklarda xazonrezgilik sovuq tushmasdan oldin boshlanadi. Ayrim daraxt va butalarning barglari kuz kelishi bilan, ayrimlarini-ki esa birinchi sovuqdan keyin to'kila boshlaydi. Masalan, jiyda, zarang, bodom, terak, akatsiya, tikan daraxt va aylant-ning barglari ancha barvaqt to'qiladi. Xalqimiz bu faslni «0ltin kuz» deb ataydi. Buning boisi shundaki, birinchidan, bu davrda juda ko'p mevalar g'arq pishadi. Ikkinchidan, ko'pchilik daraxt va butalarning bar-gi qizg'ish, sarg'ish, qo'ng'ir rangga kirib, tabiatga ajoyib manzara bahsh etadi. Bir qator o'simliklar (nastarin, atirgul, ligustrumning bargi uzoq vaqtgacha yashil rangini saqlaydi, hatto qish iliq kelganda bargi to'kilmay turaveradi. Kuz kelishi bilan kunlar qisqarib, quyoshdan yerga ke-ladigan yorug'lik kamayadi. Yorug'lik yetishmasligi tufayli hujayralarda jiddiy fiziologik jarayonlar sodir bo'ladi. Nati-jada barglarga yashil rang beruvchi xloroplastlar yemirilib, yashil barglar asta-sekin sarg'ish, sarg'ish-qizg'ish, qo'ng'ir-qizg'ish ranglarga kiradi. Barglar nima uchun to'qiladi, degan savol tug'ilishi ta-biiy, albatta. Barglar bandining novda-ga birikkan joyida po'kak hosil bo'ladi. Po'kakning hosil bo'lishi barglarning to'qilishidan darak beradi. Barglar-ning to'qilishida suv bug'lanishining ham ahamiyati katta. Birinchidan, to'kiladigan barglar orqali bir yil davomida o'simliklarda to'planib yotgan keraksiz moddalar chiqarib tashlanadi, ikkinchidan, ayniqsa qishda, barglar orqali suv-ning bug'lanishi to'xtaydi. O'simlik tinim davriga o'tadi. . Kech kuzda ildiz tuklari sovuq suvni so'rib ololmaydi, nati-jada o'simliklaming yerustki qismi suv bilan ta'minlanmay qoladi. Barglar suv bug'latishdan to'xtaydi. Shunday qilib, xazon-rezgilik - barg to'qish yo'li bilan o'simliklar qishga tayyorlanadi. Qishda o'simliklarda tinim dav-ri boshlanadi, ya'ni oziq modda-lar hosil bo'lishi, hujayradagi shi-ra harakati deyarli to'xtaydi, nafas ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 15:09:03
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
7.1 MB
Ko'rishlar soni
213 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:08
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 15:09 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
7.1 MB
Ko'rishlar soni
213 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:08 ]
Arxiv ichida: pptx