6-sinf Botanika Loladoshlar oilasi

6-sinf Botanika Loladoshlar oilasi

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
6-sinf Botanika Loladoshlar oilasi - rasmi

Material tavsifi

56-§. LOLADOSHLAR OILASI 6-sinf botanika darsligi asosida. 2017. Ilgari loladoshlar oilasiga kirgan piyoz va shirach tur-kumlari mustaqil piyozdoshlar va shirachdoshlar oilalariga ajratilgan. Loladoshlar oilasi dunyoning deyarli hamma qismidagi cho'l, adir va tog'larda o'sadigan 400 ga yaqin turni o'z ichiga oladi. Ularga ildizpoyali, piyozboshli ko'p yillik o'tlar va qisman butasimon o'simliklar kiradi. Bu oila vakillarining barglari oddiy, butun, parallel yoki yoysimon tomirli, shakli nashtarsimon, tasmasimon yoki ellipssimon bo'lib, poyada ketma-ket o'rnashgan. Gulla-ri to'g'ri, ikki jinsli, yakka-yakka yoki to'pgulda joylash-gan. Gulqo'rg'oni oddiy, gultojsimon, 6 ta erkin yoki bir-biriga qo'shilgan gulqo'rg'on bargchalaridan tashkil topgan. Changchilari ham 6 ta, 3 tasi tashqi, 3 tasi esa ichki hal-qada o'rnashgan. Urug'chisi 1 ta, 3 ta urug'chibargning qo'shilishidan hosil bo'lgan. Mevasi ko'sakcha yoki rezavor meva Bu oila vakillaridan biri lola turkumiga mansub qizil loladir. U aprelning oxiri - mayning boshlarida adir va tog'laming quyi qismidagi yonbag'irlarda ochiladigan yirik gulli o'simlik. Bo'yi 20-45 sm. Barglari 3-4 dona, ustida to'q binafsha rangli dog'lari bor. Guli bitta, yirik, sarg'ish-qizil, pastki qismi qora dog'li. Changchi iplari qora, changdonlari sariq. Mevasi 3 chanoqqa bo'linib ochiladigan ko'sakcha. Qizil lola urug'idan va piyozboshidan ko'payadi (136-rasm). Keyingi paytlarda odamlarning shafqatsiz ravishda yo'lishi va piyozboshilarining kovlab olinishi natijasida uning soni juda kamayib ketgan. Hozirgi vaqtda u muhofaza qilinadi va O'zbekiston Respublikasining «Qizil kitob»iga kiritilgan. O'zbekistonda lolalarning 23 ta turi uchraydi. Bularning hammasi O'zbekiston Respublikasining «Qizil kitob»iga ki­ritilgan Bahorning birinchi darakchilari sifatida mart oyining boshlaridayoq boychechaklar unib chiqadi. Bular bo'yi 10-15 sm keladigan, ingichka poyali va ingichka bargli, tubida piyozboshchasi bor ko'p yillik o'tlardir. Gullari sariq yoki och sariq. Guli va mevasining tuzilishi lolanikiga o'xshaydi. O'zbekistonda boychechak turkumining 30 ga yaqin turi o'sadi. Shuningdek, loladoshlarga yowoyi holda o'sadigan olg'i va xolmonlar ham kiradi Savol va topshiriqlar Loladoshlar oilasi nega bir urug'pallali o'simliklar sinfiga kiradi? Lolalarning guli qanday gulqo'rg'onli bo'ladi? Lolalar nega O'zbekiston Respublikasining «Qizil kitob»iga kiri-tilgan? Loladoshlarga oid qanday madaniy va yowoyi o'simliklarni bilasiz? Lolalarni muhofaza qilish uchun nimalar qilish kerak? ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.12 MB
Ko'rishlar soni 345 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:15 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.12 MB
Ko'rishlar soni 345 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga