34-§. MEVA VA URUG'LARNING TARQALISHI 6-sinf botanika darsligi asosida. 2017. O'simliklarning turi qancha ko'p bo'lsa, ularning mevasi va urug'i ham shuncha xilma-xil bo'ladi. Shunga ko'ra, ular tabiatda va madaniy sharoitda turli xil yo'llar bilan tarqa-ladi. Tabiatda o'simliklar million yillar davomida shamol, hayvonlar, qushlar, hasharotlar, suv yordamida va boshqa usullar bilan tarqalib ko'payishga moslashgan. Meva va urug'larning tarqalishi, ko'p jihatdan, ularning tuzilishi (morfologiyasi)ga bog'liq. Meva va urug'larini o'z kuchi bilan tarqatadigan o'simliklarga avtoxo'r o'simliklar deyiladi. Bunga xina, ko'pchilik dukkakli o'simliklar, burchoq, itqovun (o'qotar bodring), yorongul kabilar misol bo'ladi. Bularning urug'i mevasi, ichki bosim, pal-lalarining chatnashi yoki buralishi hisobiga tashqariga otilib chiqadi. Shamol yordamida tarqaladigan o'simliklarning mevalari nihoyatda yengil bo'ladi. Ayrim turlarning meva-lari bir necha, hatto 50 va undan ham ortiq kilometrgacha uchib boradi. Masalan, terak, tol, qoqio't, qo'g'a kabi meva-larning uchida joylashgan bir tutam popuk (tuk)lar hisobiga uchadi. Qayrag'och, shumtol, saksovul, cherkez, boyalish, baliqko'z, zarang, rovoch, jud kabilarda meva atrofini o'rab olgan qanotchalar orqali shamolda bir yerdan ikkinchi yerga tarqalib o'tadi. Meva va urug'larning tarqalishida suv katta rol o'ynaydi. Ayrim o'simliklarning mevalari suv o'tkazmaydigan qobiqqa ega bo'lganligi tufayli suv (dengiz, daryo, ko'l va ariq-lar)da uzoq masofalarga, hatto bir necha kun mobaynida qalqib borish yo'li bilan tarqaladi. Bularga nilufar, g'umay, kuraiak, machin, qo'ypechak, zarpechak, zubturum, qurttana kabilar kiradi. Aksariyat o'simliklarning mevalaridagi moslamalari (gajagi, tikani, shirasi, hidi) orqali hayvonlar, qushlar, hasha-rotlar yordamida tarqaladi. Shuni ham aytish kerakki, hayvonlar iste'mol qiladigan o'simliklarning soni qancha ko'p bo'lsa, ularning meva va urug'lari shuncha keng tarqaladi. Hayvonlar meva va urug'larni iste'mol qilib, chiqindilari orqali ham uzoq yerlarga olib borib tashlaydi. Qushlar ham seret shirali mevalarni yutib, hazm bo'lmaydigan danak va urug'larini uzoq masofalarga tarqatadi. Meva va urug'larni yer yuzi bo'ylab tarqatishda odamga teng keladigan omil yo'q desak, mubolag'a bo'lmaydi. Chunki odamlar meva yoki urug'ni uzoq o'lka, davlat va qit'alarga turli usullar bilan olib o'tishi mumkin. Masalan: o'tmishda Xorazmdan Amerikaga yantoq urug'i beda urug'iga qo'shilib borib qolgan. Savol va topshiriqlar 1. Meva va urug'lar qanday yo'llar bilan boshqa joylarga tarqaladi? 2. Meva va urug'lar qanday qilib shamol yordamida tarqaladi? 3. Hayvonlar qanday yo'llar bilan meva va urug'larni boshqa joylarga tarqatadi? 4. O'simliklarning mevalari qanday yo'llar bilan boshqa davlat va qit'alarga o'tadi? ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 15:09:03
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
5.13 MB
Ko'rishlar soni
197 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:16
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 15:09 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
5.13 MB
Ko'rishlar soni
197 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:16 ]
Arxiv ichida: pptx