23-§. MEVALAR 6-sinf botanika darsligi asosida. 2017. Gulli (yopiq urug'li) o'simliklarda urug'lanishdan keyin meva hosil bo'ladi. Meva, asosan, urug'chi tugunchasidan hosil bo'ladi. Mevaning hosil bo'lishida urug'chidan tashqari, gulning boshqa qismlari ham ishtirok etadi. Masalan, gulqo'rg'on, gulo'rni va boshqalar. Mevalar, asosan, ikki xil bo'ladi: 1. Agar u tugunchaning o'zidan hosil bo'lsa, chin meva (o'rik, olcha, shaftoli, olxo'ri, gilos) deyiladi. 2. Agar mevaning shakllanishida tugunchadan tashqari gulning boshqa qismlari ham ishtirok etsa, bunday mevalar soxta meva (olma, nok, behi) deyiladi. Meva, birinchidan, urug' pishib yetilguncha uni tashqi ta'sirdan himoyalab turadi. Ddrinchidan, urug'ning tarqali-shiga yordam beradi. Mevalarning oraliq qismi seret va qa-lin bo'lsa, bunday mevalarho'l meva deyiladi (o'rik, shaftoli, olcha). Agar oraliq qismi yupqa, etsiz, quruq bo'lsa, bunday mevalar quruq meva deyiladi. Masalan, no'xat, mosh, loviya, bug'doy, makkajo'xori mevalari. Bog'larimizdan keng o'rin olgan va qattiq danagi, sersuv eti hamda shu danak ichida joylashgan bittadan (ba'zan ik-kitadan) mag'zi bilan ajralib turadigan ho'l mevalar: o'rik, olxo'ri, olcha, gilos kabilar danakli mevalardir. Bular inson salomatligi uchun zamr bo'lgan foydali moddalar-ga va darmondorilarga boy bo'ladi. Olma, nok, behi kabi o'simliklarning mevasi olma meva deb yuritiladi. Ko'sak mevalar bir nechta mevabargdan tashkil topgan. Urug' pishgandan keyin chokidan ochiladi. G'o'za, lola, bangidevona, mingdevona, chuchmoma va boychechakning mevasi ko'p urug'li ko'sak meva hisoblanadi. No'xat, mosh, loviya, burchoq va oq akatsiya dukkak mevali o'simliklardir. Dukkak meva bitta mevabargdan ho-sil bo'lib, pishgach mevapallasi yon tomonidagi chokidan ochiladi. Urug'lari mevapallaga birikib turadi. Mevalarning tabiatdagi va odamlar hayotidagi aha-miyati. Mevalar, birinchi navbatda, o'simliklarning ko'pa-yishi, tarqalishi va nasi qoldirishi uchun kerak. Yowoyi holda o'sadigan o'simliklarning mevasidan tabiatdagi bar-cha tirik mavjudotlar oziqlanadi. Ayrim mevalar yerga to'-qilib, chirib, yerni organik moddalarga boyitadi. Odamlar hayotini esa mevasiz tasawur etib bo'lmaydi. Mevalar be-vosita tabiiyligicha iste'mol qilinadi. Ulardan oziq-ovqat va qandolatchilik sanoatida har xil mahsulotlar tayyorlanadi. Mevalardan olinadigan moylardan xalq xo'jaligining turli sohalari (oziq-ovqat, texnika, og'ir sanoat, atir-upa)da foydalaniladi. Savol va topshiriqlar Meva qanday hosil bo'ladi? Ho'l va quruq mevalar bir-biridan qanday farq qiladi? Chin mevalardan soxta mevalarning farqi nimada? Olma, nok, behi nima uchun soxta meva deyiladi? Qanday mevalar danakli meva deb ataladi? Mevalar Meva o'simliklarining individual rivojlanishi. Meva daraxtlarining o'sish davrlari. TROPIK MEVALAR - qo'shimcha kuch manbai Meva haqida tushuncha. Mevalarning klassifikatsiyasi. Reja: Meva o'simliklarining individual rivojlanishi. I.V.Michurin o'simliklarni tashqi muhit sharoiti bilan bog'liq holda o'rgandi va ularning rivojlanish tarixini hisobga oldi. U organizm qanday tashqi muhit sharoiti ta'sirida shakllangan bo'lsa, butun rivojlanish siklida ham xuddi shunday sharoitni talab qilishini aniqladi. Meva o'simliklarning individual rivojlanishi, ya'ni ontogenez ularning ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 15:09:03
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx, docx
Fayl hajmi
24.64 MB
Ko'rishlar soni
226 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:16
Arxiv ichida: pptx, docx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 15:09 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx, docx
Fayl hajmi
24.64 MB
Ko'rishlar soni
226 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:16 ]
Arxiv ichida: pptx, docx