6-sinf Botanika Novda - rasmi

Material tavsifi

14-§. NOVDA 5-sinf botanika darsligi asosida. 2015. Novda bilan poya tushunchasi bir- biriga juda o'xshab ketadi. Novda - daraxt, buta va yarimbutalarning o'zida kur tak va barg hosil qiladigan bir yillik shoxi. Novdalarning po'sti yashil va nafis bo'lib, hujayralarida yashil rang ber uvchi xlorofill donachalari bor. Nov dalarda barglar birikkan joy bo'g'im, ikkita barg oralig'idagi qismi bo'g'im oralig'i deb ataladi. Barglar qo'ltig'ida bittadan yoki bir nechtadan bo'lib kurtak joylashadi. Kuz yaqinlashishi bilan nov dalar ning yashil rangi o'zgarib, qo'ng'ir va qizg'ish rangga kiradi. Chunki bu vaqtda ularning po'sti qalinlashadiva ostida po'kak qavat hosil bo'ladi. Kech kuzda barglar to'qilib ketib, ular qo'ltig'ida joylashgan kurtaklar ochilib qoladi va shu holda qishl aydi. Novdalar ikki xil bo'ladi. Agar novda barg va kurtaklardan iborat bo'lsa vegetativ novda deyiladi. Novdadan gul paydo bo'lsa generativ yoki gulli novda deb ataladi. Demak, barg va kurtaklari bo'lgan daraxt va butalarning bir yillik novdasi yoki urug'idan unib chiqqan bir yillik niholga ham novda deyiladi. Savol va topshiriqlar Novda deb nimaga aytiladi? Novdada qanday qismlar bo'ladi? Kuzda novdalarning rangi nega o'zgaradi? Novdalarning qanday xillari bor? 10-§. NOVDA 6-sinf botanika darsligi asosida. 2017. Novda yuksak o'simliklarning vegetativ organi bo'lib, poya hamda unda joylashgan barg va kurtaklardan iborat. Daraxt, buta va yarimbutalarning o'zida kurtak va barg hosil qiladigan bir yillik shoxi ham novda deyiladi Poya novdaning o'zak organi hisoblanadi. Poyaning barg va yon kurtaklar joylashgan qismi bo'g'im deyiladi. Qo'shni bo'g'imlar orasi bo'g'im oralig'i deyiladi. Kuz yaqinlashishi bilan novdalarning yashil rangi o'zgarib, qo'ng'ir va qizg'ish rangga kiradi. Chunki bu vaqtda ularning po'sti qalinlashadi, ya'ni po'kak qavat hosil bo'ladi. Kech kuzda barglar to'qilib ketib, ular qo'ltig'ida joylashgan kurtaklar ochilib qoladi va shu hol-da qishlaydi. Novdalar ikki xil bo'ladi. Agar nov-da barg va kurtaklardan iborat bo'lsa, vegetativ novda deyiladi. Novdadan gul pay do bo'lsa, generativyoki gulli novda deb ataladi. Demak, barg va kurtaklari bo'lgan daraxt va butalarning bir yillik nov-dasi yoki urug'idan unib chiqqan bir yillik niholga ham novda deyiladi. Savol va topshiriqlar Novda deb nimaga aytiladi? Novdada qanday qismlar bo'ladi? Kuzda novdalarning rangi nega o'zgaradi? Novdalarning qanday xillari bor? ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 8.65 MB
Ko'rishlar soni 202 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:17 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 8.65 MB
Ko'rishlar soni 202 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga