5- §. O'SIMLIK TO'QIMALARI 6-sinf botanika darsligi asosida. 2017. O'tgan darslarda siz xilma-xil hujayralar bilan batafsil ta-nishdingiz. Tuzilishi va vazifasi o'xshash bo'lgan hujayralar yig'indisiga to'qima deyiladi. O'simlikning har bir organi bir necha xil to'qimadan iborat. O'simliklarning bir yoki bir nechta vazifani bajaruvchi qismi organ deyiladi «To'qima» tushunchasini birinchi bo'lib 1682-yilda N. Gryu «0'simliklar anatomiyasi» nomli kitobida fanga kiritgan edi. To'qimalar joylashishi va bajaradigan vazifasiga ko'ra xilma-xil bo'ladi. Qator belgi va xususiyatlariga qarab o'simliklarda qu-yidagi to'qimalar bo'ladi: hosil qiluvchi to'qima, qoplov-chi to 'qima, asosiy to 'qima, ajratuvchi to 'qima, o'tkazuvchi to 'qima, mexanik to 'qima. Hosil qiluvchi to6qima (meristema). Hosil qiluvchi to'qima hujayralari yirik yadroli, yupqa nozik po'stli, ichi quyuq sitoplazma bilan to'lgan, tirik hujayralar yig'indisidan iborat bo'lib, tez-tez bo'linish xususiyatiga ega bo'ladi. Hosil qiluvchi to'qimadan vujudga kelgan hujayralar awal o'sadi, so'ngra ma'lum shaklga kirib, muayyan vazifani bajaruvchi doimiy to'qimani hosil qiladi. Hosil qiluvchi to'qimalar novda va ildizlarning uchki qismlarida joylashgan. Uchki hosil qiluvchi to'qima kurtakning o'sish konusi va ildizning bo'linuvchi zonalarida joylashgan bo'lib, o'simlikning bo'yiga o'sishini ta'minlaydi. Hosil qiluvchi to'qima novda va ildizning ichki qismida ham bo'ladi. Ular yon hosil qiluvchi to'qima deb ataladi. Bu to'qima hujayralari poya va ildizda halqa shaklida joylashadi hamda o'simlik organlarining eniga o'sishini, ya'niyo'g'onlashuvinita'minlaydi. Poya va ildizning po'stlog'i (floema) vayog'ochligi (ksilema) orasida joylashgan yon hosil qiluvchi to'qima - kambiy hisobiga o'simlik poyasi va ildizi eniga o'sadi. Hosil qiluvchi hujayralardan o'simlikning asosiy, qoplovchi, o'tkazuvchi, mexanik va boshqa to'qimalari hosil bo'ladi. Xlorenxima yunoncha xloros - yashil, enxima - to'ldirilgan degan ma'noni bildiradi. Ular yashil barg, yashil novdalarda ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 15:09:03
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
8.4 MB
Ko'rishlar soni
495 marta
Ko'chirishlar soni
39 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:09
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 15:09 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
8.4 MB
Ko'rishlar soni
495 marta
Ko'chirishlar soni
39 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:09 ]
Arxiv ichida: pptx