3- §. O'SIMLIKLARNING HAYOTIY SHAKLLARI 6-sinf botanika darsligi asosida. 2017. O'simliklarning tashqi muhitga har xil shaklda moslashishi hayotiy shakl deyiladi. Gulli o'simliklar hayotiy shakllariga ko'ra daraxt, buta, yarimbuta, bir yillik, ikki yillik va ko'p yillik o'tlarga bo'linadi. Daraxtlar - bitta yo'g'on yog'ochlashgan tanali, baquv-vat ildizli va keng shox-shabbali, baland bo'yli ko'p yil-lik o'simliklar. Olma, o'rik, yong'oq va shaftolining shox-shabbasi yoyiq; qarag'ay va terakniki g'uj va tik; sadaqay-rag'ochniki sharsimon bo'ladi Tabiiy holda o'sadigan daraxtlar sharoitga qarab bir-biridan keskin farq qiladi. Tog'laming o'rta qismidagi arena bo'ydor bo'lib o'ssa, eng balandliklardagisi esa yerdan 0,5-1 m ko'tariladi, xolos. Bu hoil o'simliklarni doimiy esib turadigan shamoldan va qishning qattiq sovuqlaridan saqlaydi. Butalar - bir nechta yog'ochlashgan poya - tanaga ega ko'p yillik o'simliklar. Ildizdagi qo'shimcha kur-taklardan yangi yosh novdalar o'sib chiqadi. Bularga irg'ay, singirtak, na'matak, zirk, bodomcha, uchqat, anor, limon, qoraqat, ligustrum, nastarin kabi o'simliklami misol qilib keltirish mumkin. Yarimbutalar poyasining yuqori qismini qishda sovuq urib ketadigan ko'p yillik o'simliklardir. Cho'llarda keng tarqalgan yem-xashak o'simliklaridan izen, keyreuk, teresken, sarsazan va shuvoq kabilar shular jumlasidandir. Teresken Ko'p yillik o'tlar - yer usti qismi qishda qurib, o'sish kurtaklari tuproq ostida qishlaydigan o'simliklar. Bularga beda, ajriq, g'umay, sachratqi, piskom piyozi, kiyiko't, sallagul, qoqio't, shirinmiya, iloq, lola, qamish, andiz, yalpiz, kovrak, gulsafsar singari o'simliklar kiradi. Ko'p yillik o'tlar, ayniqsa, tog'larda keng tarqalgan. Ikki yillik o'tlar - urug' dan ko'karib chiqib, birinchi yili yer yuzida, asosan, barg (to'pbarg) hosil qiladigan, ildizi va barglarid a oziq modd alar to'p laydigan o'simliklar. Ular ikkinchi yili poyachi qaradi va gullab, meva tugadi. Bularga ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 15:09:03
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.1 MB
Ko'rishlar soni
266 marta
Ko'chirishlar soni
17 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:09
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 15:09 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.1 MB
Ko'rishlar soni
266 marta
Ko'chirishlar soni
17 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:09 ]
Arxiv ichida: pptx