30-§. O'SIMLIKLARNING KO'PAYISHI 6-sinf botanika darsligi asosida. 2017. Ko'payish - tirik organizmlarning muhim xususiyati. O'simliklarning ko'payishi ikki xil usulda: jinssiz va jinsiy usullarda ko'payadi. Jinssiz ko'payish yo'llaridan biri vegetativ ko'payishdir. O'simliklarning ildiz, ildizpoya, tugu-nak, piyozbosh, novda va bargdan ko'payishiga vegetativ ko'payish deyiladi. O'simliklarning tabiatda vegetativ ko'payishi. Vegetativ organlar o'simliklarning oziqlanishida katta rol o'ynaydi. Ularning yana bir xususiyati shundaki, ayrim o'simliklar shu organlari ishtirokida ko'payadi. Respublikamizda tabiiy holda o'sadigan o'simliklar urug'dan tashqari, vegetativ organlaridan ham ko'payadi. Siz ajriq, g'umay, salomalaykum, bug'doyiq kabi o'simliklarning ildizpoyasidan ko'payishini yaxshi bilasiz. Shuningdek, lola, boychechak, gladiolus va nargisga o'xshash piyozboshdan ko'payadigan o'simliklar ham bor, Bu o'simliklar tuproq orasida piyozboshlar hosil qiladi. Kelgusi yili ulardan yangi o'simliklar o'sib chiqadi. Qoraqat, terak, na'matak, olvoli, shirinmiya, yantoq kabi o'simliklarning ildizidagi kurtaklardan yangi novdalar hosil bo'ladi. Bu novdalar ildiz bachkisi deyiladi. Kel-gusida shu bachkilardan yangi, mustaqil o'simliklar yetiladi. Vegetativ yo'l bilan ko'payadigan bitta terak daraxti atrofida yer ostidan o'sib chiqadigan bachkilar hisobiga o'nlab yangi daraxt tuplari hosil bo'ladi. Tabiatda daraxt va butalar ma'lum vaqtdan so'ng qariydi va ularning o'rnini bachkilardan chiq-qan yangi o'simliklar egallaydi. Shunday qilib, o'simliklar vegetativ yo'l bilan ko'payishda davom etadi Tabiatda turli hodisalar bo'lib turadi. Masalan, ba'zan yer surilishi yoki suv toshqini natijasida o'simliklarning shox- shabbasi (masalan, tollar) sernam tuproq ostida qolib, ulardagi kurtaklardan yangi novda o'sib chiqadi. Tabiatda turli hodisalar bo'lib turadi. Masalan, ba'zan yer surilishi yoki suv toshqini natijasida o'simliklarning shox-shabbasi (masalan, tollar) sernam tuproq ostida qolib, ular-dagi kurtaklardan yangi novda o'sib chiqadi. Shunday qilib, o'simliklar vegetativ yo'l bilan ko'payib, tabiatda o'z turini saqlab qoladi. ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 15:09:03
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
21.73 MB
Ko'rishlar soni
193 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:09
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 15:09 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
21.73 MB
Ko'rishlar soni
193 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:09 ]
Arxiv ichida: pptx