6-sinf Botanika Ochiq urug'li o'simliklar bo'limi, Archa

6-sinf Botanika Ochiq urug'li o'simliklar bo'limi, Archa

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
6-sinf Botanika Ochiq urug'li o'simliklar bo'limi, Archa - rasmi

Material tavsifi

45-§. OCHIQ URUG'LI O'SIMLIKLAR BO'LIMI. ARCHA 6-sinf botanika darsligi asosida. 2017. Yer yuzida ochiq urug'li o'simliklarning 700 ga yaqin turi borligi aniqlangan. Ochiq urug'li o'simliklar bo'limi daraxt va butalardan tashkil topgan. Ular urug'laridan ko'payadi. Ochiq urug'li o'simliklarning urug'lari gulli o'simliklarnikiga o'xshash meva ichida yopiq holda emas, balki qubbalarning tangachalarida ochiq holda yetishadi. Shuning uchun ham ular ochiq urug'li o'simliklar deyiladi. Ochiq urug'li o'simliklarga misol qilib archa, saur, qarag'ay va qoraqarag'ay, sekvoyadendron kabi o'simliklarni keltirish mumkin. Archalar bo'yi 20 m gacha yetadigan, doimo yashil da-raxtdir (91-rasm). Tog'larning 3500-4500 m balandlikdagi yonbag'irlarida, sovuq va doimiy shamol ta'sirida archaning yer bag'irlab o'sishga moslashgan turlari ham uchraydi. Archalarning barglari juda mayda, yashil rangli, tangachasimon yoki ignasimon. Zarafshon archasi ikki uyli o'simlik. Bahor oxirlarida ayrim archa tuplarining yosh novdalarida mayda qubbachalar ho-sil bo'lib, ularda juda ko'p miqdorda chang yetishadi. Bu qubbachalar changchili qub-balar deb ataladi. Shu vaqtda archaning boshqa tuplarida uzunligi 0,5-1 sm kela-digan sharsimon qubbalar hosil bo'ladi. Bu qubbalar urug'kurtakli qubbalar deb ataladi. Urug'chi qubbalarning tangachala-rida urug'kurtak joylashadi. Urug'kurtakdagi arxegoniy ichida esa tuxum hujayra yetishadi. Changchi qubbachalarda yetilgan chang boshqa tupda yetil-gan urug'chi qubbalarga kelib tushadi va uni changlantiradi. Urug'kurtakka tushgan chang donasining vegetativ hu-jayrasi o'sib chang nayini hosil qiladi. Generativ hujayradan hosil bo'ladigan spermiylardan biri arxegoniydagi tuxum hujayrani urug'lantiradi. Urug'langan tuxum hujayradan mo'rtak, urug'kurtakdan urug' rivojlanadi. Urug'lanishdan so'ng urug'chi qubbani tashkil qilgan tangachalar tezda o'sadi, yo'g'onlashadi va o'zlaridan ajra-lib chiqqan mum (smola) orqali bir-birlari bilan qo'shilib, qubbani o'rab turuvchi etdor, yumshoq po'stga aylanadi. Archaning urug'chi qubbalari urug'langandan key in ik-kinchi yoki uchinchi yilda ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.63 MB
Ko'rishlar soni 333 marta
Ko'chirishlar soni 29 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:09 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.63 MB
Ko'rishlar soni 333 marta
Ko'chirishlar soni 29 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga