16-§. ODDIY VA MURAKKAB BARGLAR. 6-sinf botanika darsligi asosida. 2017. O'simliklarning barglari tuzilishiga ko'ra oddiy va murakkab bo'ladi. O'simliklarning barglari tuzilishiga ko'ra oddiy va murakkab bo'ladi. Barg bandida bitta barg yaprog'i joylashsa, bunday barg oddiy barg deyiladi. Bularga olma, nok, o'rik, shaftoli, tut, tok, terak, yantoq, g'o'za, rovoch kabilarning bargi kiradi Bitta barg bandida bir nechta barg chalar bandchalari orqali joy lash gan bo'l sa, bun day barglar murakkab barg deyiladi. Murakkab bargli o'simliklarga shirinmiya, beda, soxta kash tan, yong'oq, na'matak, qu lupnay, loviya, no'xat, yeryong'oq kabilar kiradi. Barglar yaprog'ining shakliga qarab yumaloq, panjasimon, tuxumsimon, ovalsimon, yuraksimon, nashtarsimon, qalami, rombsimon, uchburchaksimon va boshqa shakllarda bo'ladi. Barglar yaprog'ining qirrasi (cheti) te-kis, tishli, ikki karra tishli, arrasimon va o'yilgan bo'lishi mumkin. Barglar o'simliklarning turiga qarab tukli va tuksiz bo'ladi. Oddiy barglar Oddiy barglar yaprog'ining tuzilishiga ko'ra patsimon, panjasimon va uch bo'lakli qirqilgan bo'ladi. Murakkab barglar uch bargchali, panjasimon, toq patsimon va juft patsimon barglarga bo'linadi. Murakkab barglar Akatsiya Uch bargchali murakkab barg - sebarga, beda, loviya, mosh, qulupnay kabi o'simliklarda, panjasimon murakkab barg esa soxta kashtanda bo'ladi. Bargchalar umumiy barg bandining oxirigacha qarama-qarshi joylashgan bo'lsa, bunday barglar juft patsimon barg deyiladi (yeryong'oqda). Agar umumiy barg bandining uchi bitta barg bilan tugasa, bunday barglar toq patsimon barg deyiladi (shirinmiyada). Ba'zan toq bargchalar o'rnida gajaklar hosil bo'ladi (no'xat va burchoqda). Saksovul, qandim kabi ayrim o'simliklarning bargi juda maydalashib, qipiq shakliga kelib qolgan bo'ladi. Uning bandi ham bo'lmay, uzunligi 2 mm dan oshmaydi. Xulosa qilib aytganda, barglar oddiy va murakkab, shakli jihatidan esa turlicha bo'ladi. Savol va topshiriqlar Qanday barglar oddiy, qanday barglar murakkab barg deyiladi? Rediska, turp, sabzi, lavlagi, qulupnay, bug'doy, lola barg-lari qanday (oddiy yoki murakkab) barg? Murakkab toq patsimon va murakkab juft patsimon barglarga misollar keltiring. Saksovulning bargi qaysi turdagi barglarga kiradi? ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 15:09:03
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.33 MB
Ko'rishlar soni
295 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:22
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 15:09 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.33 MB
Ko'rishlar soni
295 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:22 ]
Arxiv ichida: pptx