36-§. O'SIMLIK - YAXLIT ORGANIZM 6-sinf botanika darsligi asosida. 2017. Yer yuzidagi yashil o'simliklar qancha ko'p va xilma-xil bo'lmasin, ular orasida juda katta umumiylik va o'xshashlik bor. Bu umumiylik, birinchi navbatda, o'simlik organlarining hujayralardan tuzilganligidir. O'simliklarda tuzilishi o'xshash va muayyan bir xil vazifani bajaradigan hujayralar yig'ilib, to'qima hosil qiladi. O'simliklar esa organlardan tashkil topgan. Ildiz, poya, barg, gul va mevalar uning asosiy organlari hisoblanadi. O'simliklarning organlari bir-biri bilan mustahkam bog'langan. Agar bir organ ishdan chiqsa, qolganlarining ham faoliyati buziladi. O'simlik tirik organizm, u oziqlanadi, nafas oladi, o'sadi, gullab, meva beradi, ko'payadi. Bir organda hosil bo'lgan moddalar boshqa organlarga o'tib, ularning o'sishi va rivojlanishi uchun sarflanadi. Masalan, bargda fotosintez jarayonida hosil bo'lgan oziq moddalardan o'simliklarning boshqa barcha organlari foydalanadi. Yoki ildiz orqali tuproqdan olinadigan suv va unda erigan mineral moddalar o'simliklarning har bir hujayrasigacha yetib boradi. Organlardagi umumiylikni ifodalash uchun g'o'za miso-lida ayrim organlarning ishi bilan tanishib chiqamiz. G'o'za o'qildiz tizimli o'simlik. U ildiz tizimi orqali suv va unda erigan mineral tuzlami tinimsiz shimib oladi va poyaga uzatadi. Poya esa, o'z navbatida, uni naychalari orqali barglarga o'tkazadi. Barglarda (fotosintez jarayonida) o'simlikning o'sishi va rivojlanishi uchun zarur organik moddalar hosil bo'ladi. Organlar o'rtasidagi bog'liqlik kurtak, g'uncha va mevalar misolida yanada yaqqol ko'zga tashlanadi. Ularning bir holatdan ikkinchisiga o'tishida ildiz bilan barg juda muhim rol o'ynaydi. G'o'za sxonalagandan keyin pastki qismidan yuqoriga qarab gullay boshlaydi. Oldin ochilgan gullarda hosil bo'lgan ko'saklar boshqalariga qaraganda ertaroq yetiladi. Qolgan ko'saklarni ham o'simlik, o'z navbatida, oziq moddalar bilan ta'minlab turadi. Kuz kelib, o'simlikning barglari to'qilib yoki sovuq urib ketmaguncha uning hamma organlari o'zaro bog'liq holda o'sadi va rivojlanadi. O'simliklar dunyosini tashqi muhit, ayniqsa, u o'sib tur-gan joysiz tasawur etib bo'lmaydi. O'simlikning o'sishi va rivojlanishi uchun tuproq, suv, yorug'lik, harorat, kislorod nihoyatda zarur. Yorug'liksiz bargda organik moddalar hosil bo'lmasligi sizga ma'lum. Tog'lardagi archalar hech qachon cho'lda jazirama qumlarda saksovullar bilan yonma-yon o'smaydi. Saksovulning ildizi shu qadar mustahkamki, ular ozuqa va namlik qidirib, hatto 0,5-1 m li gips qatlamlarini teshib o'tadi. Yantoqning ildizi esa 25-30 m gacha chuqurlikka tushib, o'zini yerosti suvi bilan ta'minlaydi. Savol va topshiriqlar O'simliklardagi umumiylik nimalardan iborat? O'simlik nima uchun yaxlit organizm deyiladi? O'simlik organlarining o'zaro bog'liqligini qanday tushu-nasiz? Cho'l o'simliklari qurg'oqchilikka qanday moslashgan? ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 15:09:03
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.01 MB
Ko'rishlar soni
273 marta
Ko'chirishlar soni
19 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:18
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 15:09 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.01 MB
Ko'rishlar soni
273 marta
Ko'chirishlar soni
19 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:18 ]
Arxiv ichida: pptx