4-§. O'SIMLIK HUJAYRASINING TUZILISHI 6-sinf botanika darsligi asosida. 2017. Tabiatdagi tirik mavjudotlarga xos eng muhim umumiy belgilardan bin ularning hujayralardan tuzilganligidir. Hujayra - tirik organizmning eng mayda tarkibiy qismi. U tiriklikka xos barcha xususiyatlarni o'zida mujassamlantirgan. O'simliklarning barcha organlari hujayralardan tashkil topgan. Ular shakl jihatidan farq qilsa-da, ichki tuzilishiga ko'ra bir-biriga juda o'xshash bo'ladi. Hujayralarda yuz be-radigan hayotiy jarayonlar yagona qonunga muvofiq amalga oshadi. Hujayraning tuzilishini o'rganadigan va u haqida to'liq ta'limot beradigan fan sitologiya (yunoncha «sitos» - hujayra, «logos» - ta'limot) deyiladi. Limon, mandarin, pomidor, tarvuz mevasi kesib ko'rilganda ularning hujayralarini oddiy ko'z bilan ko'rish mumkin. Hujayralar o'simlikning qaysi organida joylashi-shiga qarab shakli, rangi, katta-kichikligi, ichki tuzilishi va funksiyasiga ko'ra bir-biridan farq qiladi. O'simliklar bir yoki ko'p hujayrali bo'lishi mumkin. Bir hujayrali o'sim-liklarga ayrim tuban o'simlik vakillarini (xlorella, xlami-domanada va b.), ko'p hujayrali o'simliklarga esa barcha yuksak o'simlik vakillarini misol sifatida keltirish mumkin. Hujayra ingliz fizigi Robert Guk tomonidan 1665-yilda kashf etilgan. Hujayralar kattalashtirib ko'rsatadigan asboblar yordamida o'rganiladi. Robert Guk 1635-1703 Hujayra va uning tarkibiy qismlari. Hujayra hujayra qobig'i, sitoplazma va yadrodan tashkil topgan Hujayra qobig'i kletchatkadan iborat bo'lib, tiniq va mustahkam bo'ladi. U hujayrani tashqi ta'sirdan himoya qiladi va shaklini saqlab, tashqi muhit bilan bog'lab turadi. Sitoplazma - hujayraning asosiy tarkibiy qismi hisobla-nadi. U rangsiz, tiniq, suyuq yoki shilimshiq holda bo'lib, doimo harakatlanib turadi. Yadro - hujayraning eng muhim tarkibiy qismi. U hu-jayralar bo'linishida katta rol o'ynaydi. Ko'k-yashil suvo'tlar, bakteriyalarning yadrosi shakllan-magan, uning moddalari sitoplazmada tarqoq holda joylash-gan bo'ladi. Yadro irsiy belgilarning yangi avlodga o'tishida muhim ahamiyatga ega. Plastidalar - hujayraning asosiy tirik qismlaridan biri. zamburug'4 lar, bakteriyalar, ko* k-yashil suvo'tlarda plastidalar bo'lmaydi. Plastidalar uch xil bo'ladi: leyko-plastlar (rangsiz), xromoplastlar (zarg'aldoq, qizg'ish), xloroplastlar (yashil). Xloroplastlar yashil xlorofill pig-mentiga ega plastidalar bo'lib, ularda fotosintez jarayo-ni boradi. Xromoplastlarda qizil, sariq rangli pigmentlar bo'ladi. Xromoplastlar gul va mevalarga rang beradi. Leykoplastlar rangsiz plastidalardir. Ularda zaxira mod-dalar saqlanadi. Vakuol - sitoplazma ichidagi hujayra shirasi bilan to'lgan bo'shliq. U turli shaklda bo'ladi. Hujayra shirasi tarkibida 70-95% suv va unda erigan ko'pgina mineral va oqsil, moy, shakar kabi organik moddalar bo'ladi. Bu shira tarkibiga ko'ra mevalarning ta'mi shirin, nordon va ach-chiq bo'ladi. Hujayralarning xilma-xilligini ko'rish uchun o'simlik-larning turli organlaridan preparat tayyorlash kerak. Misol uchun piyozning shaffof yupqa pardasidan preparat tayyorlash ancha oson. Buning uchun uning etli qo-big'idan yupqa shaffof pardasi ajratib olinadi va buyum oynasidagi tomchi suvga qo'yiladi. Uning hujayralari shak-lining cho'ziqligi, zichroq joylashganligi va plastidalarning rangsizligi bilan boshqa o'simlik hujayralaridan farq qiladi Hujayralar ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 15:09:03
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
7.41 MB
Ko'rishlar soni
178 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:18
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 15:09 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
7.41 MB
Ko'rishlar soni
178 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:18 ]
Arxiv ichida: pptx