6-sinf Botanika O'simliklar sistematikasi haqida

6-sinf Botanika O'simliklar sistematikasi haqida

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
6-sinf Botanika O'simliklar sistematikasi haqida - rasmi

Material tavsifi

38-§. O'SIMLIKLAR SISTEMATIKASI HAQIDA TUSHUNCHA 6-sinf botanika darsligi asosida. 2017. O'simliklarni bir-biriga yaqinlashtiruvchi belgilarning o'xshashlik darajasiga qarab o'simliklar dunyosini ma'lum tartib - sistema (tizim)ga solish o'simliklar sistematikasi deb ataladi. O'simliklar sistematikasi botanika fanining aso-siy qismi bo'lib, unda o'simliklar kelib chiqishi, o'xshashlik darajasi va tarixiy rivojlanishiga qarab guruhlar sistematik birliklarga bo'linadi. O'simliklar sistematikasida quyidagi sistematik birliklar qabul qilingan: tur, turkum, oila, sinf (ajdod), bo'lim va o'simliklar dunyosi. O'simliklar sistematikasidagi eng kichik birlik turdir. Tur - hamma organlari bir-biriga o'xshash, ma'lum may-donda uchraydigan o'simliklarni o'z ichiga oladi. Masalan, sariq do'lanani olaylik. U bitta tur. Lekin tog'larda bu turga kiradigan o'simlik tuplari keng tarqalgan. Ular guli, meva-si, bargi va boshqa belgilari bilan juda o'xshash. Shuning uchun ular bir turga kiradi. Turkum - bir-biriga yaqin turlardan tashkil topgan. Fanda o'simliklarni qo'shaloq (ikki) nom bilan - tur va turkumning nomlari bilan atash (binar nomenklatura) qabul qilingan. Turni ikki nom bilan atashni birinchi bo'lib shved tabiatshunosi Karl Linney (1707-1778) fanga kiritgan. Masalan, sarimsoq piyoz yoki anzur piyozdagi sarimsoq va an-zur so'zlari turga tegishli, piyoz so'zi esa turkumga tegishli nom bo'lib, bu shu turlarning piyoz turkumiga oid ekanligini bildiradi. Karl Linney (1707-1778) Fanda har bir turning mahalliy nomlaridan tashqari yana ilmiy, ya'ni «lotincha» nomi ham bor. Istalgan o'simlikning ilmiy nomini maxsus kitoblar (flo-radan yoki o'simliklar aniqlagichi)dan topish mumkin. Bir-biriga yaqin turkumlar qo'shilib oilani tashkil qiladi. Masa­lan, bodom, olma, o'rik, na'matak, do'lana kabi turkumlar birlashib, ra'nodoshlar oilasini tashkil etadi Ayrim belgilari bilan bir-biriga juda o'xshagan va ke-lib chiqishi jihatidan yaqin bo'lgan oilalar birlashib, sinf-ni tashkil qiladi. Masalan, bir ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.15 MB
Ko'rishlar soni 270 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:08 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.15 MB
Ko'rishlar soni 270 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga