6-sinf Botanika dars ishlanma. O'simliklarga ekologik omillarning ta'siri

6-sinf Botanika dars ishlanma. O'simliklarga ekologik omillarning ta'siri

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
6-sinf Botanika dars ishlanma. O'simliklarga ekologik omillarning ta'siri - rasmi

Material tavsifi

37-§. O'SIMLIKLARGA EKOLOGIK OMILLARNING TA'SIRI 6-sinf botanika darsligi asosida. 2017. O'simliklarning hayoti tashqi muhit bilan uzviy bog'lan-gan. Tashqi muhitning o'simlik hayot faoliyatiga ta'sir etuvchi ayrim tarkibiy qismiga ekologik omil deb ataladi. Ekologik omillar yig'indisi, o'simliklarning yashash sharoiti, ya'ni ularning tashqi muhitini belgilab beradi. Ekologik omillar abiotik va biotik guruhlarga ajratiladi. Abiotik omillarga o'lik tabiatning tarkibiy qismlari kiradi. Ulardan eng muhimlari tuproq, harorat, suv, yorug'lik va ha-vodir. Biotik omillarga tirik tabiatning tarkibiy qismlari kiradi. Bularga bakteriyalar, zamburug''lar, hayvonlar va o'simliklar kiradi. Tuproq o'simliklarning yashash muhiti hisoblanadi. Ularni suv va mineral ozuqa moddalar bilan ta'minlaydi. Yorug'lik va harorat ta'sirida o'simlikda fotosintez, nafas olish, o'sish, urug'ning unishi va mevalarning pishishi kabi muhim hayotiy jarayonlar sodir bo'ladi. Suv o'simlik organizmi umumiy vaznining 60-90% ini tashkil etadi. Sitoplazmadagi suvli muhitda o'simlik hujay-rasining asosiy hayotiy jarayonlari kuzatiladi. Suv oqimi bi-lan ozuqa moddalarning harakati ham amalga oshadi. Yorug'lik yashil o'simliklar uchun juda zarur, chunki faqat yorug'likda fotosintez jarayoni boradi. O'simliklar yorug'likka munosabatiga qarab, soyasevarlar, yorug'-sevarlarga ajratiladi. Havo gazlar aralashmasidan iborat bo'lib, ular orasida o'simlik uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan kislorod va karbonat angidrid gazi bor. Karbonat angidrid fotosin­tez jarayonida o'zlashtiriladi, kislorod esa nafas olish uchun zarur. Shamol ham o'simliklarning suv bug'latishi hamda ba'zi o'simliklarning changlanishi, urug' va mevalarning tarqalishida katta rol o'ynaydi. O'simliklar hayotiga tirik organizmlar ham ta'sir etadi. Tuproqdagi turli organizmlar, jumladan, bakteriyalar tup-roqda erkin yashab, havo tarkibidagi azotni o'zlashtirib, tuproq tarkibini unumdor qilishda, dukkakli o'simliklar il-dizida yashovchi tugunak bakteriyalar o'simliklarni ozuqa bilan ta'minlashda muhim o'rin egallaydi. Bundan tashqa-ri tuproqdagi mikroorganizmlar ta'sirida organik moddalar parchalanadi. Parchalangan moddalarni yashil o'simliklar o'zlashtiradi. O'simliklar bir-biriga ijobiy va salbiy ta'sir ko'rsatadi. Masalan, yorug'sevar o'simliklar soyasevar o'simliklarga sharoit yaratsa, zarpechak, devpechak, shumg'iya kabi pa-razit o'simliklar ayrim yowoyi va madaniy o'simliklarning rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Archa, qarag'ay, terak va boshqa o'simliklar o'zidan uchuvchan modda (fitonsid)lar ajratib chiqaradi. Ajralgan moddalar ko'pchilik zararli mikroorganizmlarni holdan toy-diradi, hatto nobud qiladi. Qushlar va ayrim sutemizuvchi hayvonlar danakli me-valarni yeb, ularning urug'larini boshqa joylarga tarqatishga sababchi bo'ladi. Hayvonlarning o'simliklarga ta'siri xilma-xil yo'llar bilan namoyon bo'ladi. Shunday qilib, o'simliklar hayoti tashqi muhitning ayrim ekologik omillari ta'sinda bo'ladi. O'simliklar turlarining kamayishiga va yashash sha-roitiga inson bevosita ta'sir ko'rsatadi. Odamlar xo'jalik faoliyatida o'simliklar dunyosiga juda katta ta'sir etadi. Ularning o'simliklarga ta'sirini ijobiy va salbiy ta'sirlarga ajratish mumkin. Ijobiy ta'sirlarga kat­ta maydonlarda xilma-xil madaniy o'simliklarni ekish va yuqori hosil olish, o'rmonlami tiklash, ochiq joylarga daraxtlar ekish, shahar va qishloqlarni ko'kalamzorlashtirish kabilar kiradi. Salbiy ta'sirlarga o'rmonlami kesish, o'sim­liklarni ildizi, tugunagi va ildizpoyasi ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx, docx
Fayl hajmi 3.78 MB
Ko'rishlar soni 259 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:20 Arxiv ichida: pptx, docx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx, docx
Fayl hajmi 3.78 MB
Ko'rishlar soni 259 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx, docx
Tepaga