6-sinf Botanika O'simliklarning mineral oziqlanishi, Ildiz bosimi, O'g'itlar

6-sinf Botanika O'simliklarning mineral oziqlanishi, Ildiz bosimi, O'g'itlar

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
6-sinf Botanika O'simliklarning mineral oziqlanishi, Ildiz bosimi, O'g'itlar - rasmi

Material tavsifi

25-§. O'SIMLIKLARNING MINERAL OZIQLANISHI. ILDIZ BOSIMI. O'G'ITLAR 6-sinf botanika darsligi asosida. 2017. Tuproqdagi suv ildiz tukchalariga, ulardan esa po'stloq hujayralariga qanday o'tadi? Bu savolga juda ko'p misol-lar bilan javob berish mumkin. O'simliklar ildizining muhim vazifasi tuproqdan suv va unda erigan oziq moddalarni shimib olib, yerusti qismiga uzatishdan iborat. Tuproqdagi suv va unda erigan oziq moddalar dastlab ildiz tukchalariga, so'ngra ular bilan yonma-yon joylashgan po'stloq hujayralariga o'tadi. Hujayradan hujayraga so'rilgan suv va unda erigan oziq moddalar ildizning o'tkazuvchi qis­miga yetib boradi va u yerdan o'simlikning yerusti qismiga ko'tariladi Boshqa tirik organizmlar kabi, o'simliklar ham suv bilan tirik. Ularda boradigan ko'pgina biologik jarayonlar suv tu-fayli amalga oshadi. Eng muhimi, suvda o'simliklar uchun zarur bo'lgan oziq moddalar erigan holda bo'ladi. Suv orqali ular hujayra, to'qimalarga va o'simlildarning boshqa organlariga o'tadi. Suv yetarli bo'lganda o'simliklar hujayrasi tarang holatda bo'ladi. Aks holda, o'simliklar so'lib qoladi. O'simliklarning poyasi yoki shoxi kesilsa, ulardan suv tomchilari sizib chiqadi. Siz buni shira harakati boshlangan vaqtda kesilgan tok, terak, tol novdalarida ko'p ko'rgansiz. Yoki yantoq ildiz bo'g'zidan kesib tashlansa, undan suv tomchilari yumalab tushishining guvohi bo'lasiz. Bu suyuqlik o'z-o'zidan chiqmay, balki ildiz bosimi kuchi ta'sirida harakatga keladi. Bu kuch suvni va unda erigan oziq mod­dalarni bir hujayradan ikkinchisiga o'tishida pastdan yuqo-riga ko'tarilishiga majbur etadi Qish kirishi bilan ko'p yillik o'simliklarning ildiz tukchalari o'z faoliyatini to'xtatadi. Bahor kelib, kunlar isishi bilan ildiz tukchalari yana faollashadi. Agar tuproqqa mineral o'g'itlar me'yoridan ortiqcha solinsa, uning ekologik holati yomonlashadi. Chunonchi, me'yoridan ortiqcha solingan o'g'it tuproqdagi tirik mavjudotlarga salbiy ta'sir ko'rsatadi va uning tarkibini buzadi. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.33 MB
Ko'rishlar soni 221 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:08 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.33 MB
Ko'rishlar soni 221 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga