Moddalar almashinuvi Tirik organizmning hayoti tashqi muhitdan uzluksiz ravishda murakkab va sodda moddalarni oziq tariqasida qabul qilish, ularni o'zlashtirish qayta foydalanilmaydigan chiqindi moddalarni tashqariga ajratib turishdan iborat. Bu jarayon moddalar almashinuvi deb ataladi. Moddalar almashishi metobalizm, tirik organizmlarda kechadigan hayot uchun fundamental, kimyoviy, shuningdek fizik reaksiyalarning yig'indisidir. U, asosan ikki yo'nalishda o'tadigan reaksiyalar oqimidan tashkil topadi. Biri anaboliki reaksiyalar, anabolism, bo'lib, sintetik jarayonlarni o'z ichiga oladi. Jarayonda tashqi muhitdan olingan oziq moddalar organizm komponentlarining sintezida qurilish materiyali bo'lib xizmat qiladi, o'zlashtiriladi (assimilyatsiya). Ikkinchi yo'nalish katabolizm, katabolic jarayonlardan iborat bo'lib, parchalanish, achish va energiya ajratadigan oksidlanish reaksiyalarini o'z ichiga oladi (dissimilyatsiya) Tirik organizmning barcha tarkibiy qismlari doimo, to'xtovsiz parchalanib, qaytadan sintezlanib turadi. Moddalar almashishi jarayonida anabolic va katabolic reaksiyalar ma'lum joyda va ma'lum suratda o'z-o'zini idora qilish asosida bexato o'tib turadi. Tashqi muhitdan qabul qilinadigan birikmalar kimyoviy tabiyatiga ko'ra hujayra tarkibiga kiradigan moddalarga o'xshash, ular ham oqsillar, yog'lar, uglevodlar, nuklein kislotalar, kichik molekulali moddalar, mineral tuzlar, aksari hayvon va o'simlik mahsulotlaridan iborat. Lekin hujayra ichidagi biopolymerlar kabi bir hil monomerlardan tuzilgan bo'lsa ham ulardan farq qiladi. Moddalar almashishining ma'nosi oziq sifatida tashqarida qabul qilinadigan birikmalardan o'zining maxsus molekulalarini, o'z tanasining komponentlarini tuzishi demakdir. Moddalar almashinuvining bu tomoni plastic almashinuv deb ataladi. Har bir turning oqsillari o'ziga hos bo'lgani sababli tashqaridan qabul qilingan yot oqsil bevosita hujayra oqsili o'rnini bosa olmaydi va o'ziga hos oqsillar sintezi uchun faqat aminokislotalar manbayi sifatida xizmat qiladi. Buning uchun oziq bilan qabul qilingan oqsillar, shuningdek nuklein kislatalar, qisman murakkab lipidlar o'z tarkibiy qismlariga parchalanishi zarur. Hosil bo'lgan sodda molekulalar aminokislotlar, nukleotidlar hujayra komponentlari tarkibiy qismlarining sintezi uchun sarf bo'ladi. Shuning uchun bu jarayon moddalar almashinuvi deb yuritiladi va energiya almashinuvini ham o'z ichiga oladi. Chunki organizmda har qanday harakat, har bir yangi molekulaning sintezlanishi, yaratilishi energiya sarf qilinishini talab qiladi. Hujayra membranasi, yadrosi va boshqa organellalarining tuzilishi uchun zarur oqsil, nuklein sintezi ham doimo sarf qilish bilan kechadi. Hujayraning energiyaga bo'lgan ehtiyoji ovqat bilan qabul qilingan moddalarning parchalanishiga, to'la oksidlanib CO2, H2O ga aylanishiga va siydikchil, CO2 kabi chiqdilar shaklida tashqi muhitga chiqarib turilishiga bog'liq. Hujayrada energiya almashinuvi davomida ovqat modda molekulalaridagi bog'langan kimyoviy energiya hujayrada istemol qilinishga moslashgan ATF ning energiyaga boy fosfat bog'lariga aylanadi, yani bu jarayonda energiya shaklining o'zgarishi, transformatsiya kuzatiladi. Tirik oprganizmlar ovqatlanish tipiga ko'ra ikki katta guruhga bo'linadi: Autotroflar va geterotroflar. Autotroflar (yunoncha auto - o'zi va trofo - oziq) sifatida sodda anorganik birikmalar: uglerod IV oksid, ammoniy nitrat va sulfidlardan ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 15:09:03
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.89 MB
Ko'rishlar soni
292 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:27
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 15:09 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.89 MB
Ko'rishlar soni
292 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:27 ]
Arxiv ichida: pptx