6-sinf Botanika dars ishlanma. O'simliklarning suv bug'latishi

6-sinf Botanika dars ishlanma. O'simliklarning suv bug'latishi

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
6-sinf Botanika dars ishlanma. O'simliklarning suv bug'latishi - rasmi

Material tavsifi

29-§. O'SIMLIKLARNING SUV BUG'LATISHI 6-sinf botanika darsligi asosida. 2017. O'simliklar hayotidagi muhim jarayonlardan yana biri suv bug'latishdir. Suv bug'lanishi tufayli ildiz orqali suv va mineral tiizlarning so'rilishi tezlashadi. Bu moddalar poya bo'ylab harakat qiladi. Suv bug'latish o'simlik organlarini qizib ketishdan saqlaydi. Buni tajribada oson tekshirib ko'rish mumkin. Masalan, gultuvakda o'sib turgan o'simliklardan birining bargli nov-dasini kolbaga solib, og'zi paxta bilan berkitilsa, oradan bir necha soat o'tgach kolba devorida suv tomchilari hosil bo'lganini ko'rish mumkin. Bu o'simliklar bargi-dan bug' shaklida ajralgan suvdir. Suv barglardagi og'izchalar orqali bug'lanib chiqadi. Bir tup o'simlikdagi barglar qancha suv bug'latishini hisoblab chiqish mumkin. Buning uchun o'simlikning bargli novdachasi suvli shi­sha idishga solinadi va suv bug'lanib ketmasligi uchun uning yuziga ozroq moy tomiziladi. Tarozining bir pallasiga shisha idish, ikkinchi pallasiga qadoq tosh qo'yib, pallalar muvoza-natga keltiriladi. Barglar suvni bug'latganligi uchun shisha idishdagi suv kamayadi. Natijada shisha idishli tarozi pallasi asta-sekin ko'tariladi. Oradan bir sutka o'tgandan key in ta­rozi pallalari qadoq toshlar orqali yana muvozanatga kelti­riladi va bir sutkada qancha suv bug'langanligi aniqlanadi. O'simliklar turiga va qayerda o'sishiga qarab tuproqdan oladigan suvni turli darajada bug'latadi. Issiq va quruq sharoitda o'sadigan o'simliklar suvni nisbatan kam bug'latadi. Chunki ayrim cho'l o'simliklarining barglari juda maydalashib ket-gan (saksovulda) yoki shaklini o'zgartirib, tikanga (kaktus-larda) aylangan. Boshqa bir tur o'simliklar esa tuklar bilan qalin qoplanganligi uchun suvni kam bug'latadi. Ayrim cho'l o'simliklari (shuvoq, qora boya-lich va boshqalar) suvni kam bug'latishi uchun yoz oylarida barglarini to'kib yuboradi Olimlarning aniqlashicha bir tup g'o'za yoz davomida o'z vaznidan 500-600 hissa ko'p suv bug'latadi. Bir tup makkajo'xori yoz davomida 64-rasnu Bargning bug'latgan suv 200 ga to'g'ri keladi. suv bug'latishi Bir tup o'rta yoshdagi (30-40 yillik) shirinmiya (qizilmiya) yoz davomida 500-600 suv bug'latadi. Suv bug'lanishi jarayoni barglardagi og'izchalar orqali amalga oshadi. O'simliklarning ekologik guruhlari. Quruqlikdagi o'simlik turli sharoitlarda o'sadi. Ular muhitning turli omilla-riga moslashgan. Muhitning ma'lum bir omiliga moslashgan o'simliklar ekologik guruhlar deyiladi. Suv muhim ekolo­gik omildir. Suvga bo'lgan talabiga ko'ra o'simliklar bir ne-cha guruhlarga bo'linadi. Suvda yashovchi o'simliklarning (elodeya, suv nilufari) tanasi butunlay yoki ko'p qismi suv­ga botib o'sadi. Namsevar o'simliklarning tanasi qisman suvga botgan holda o'sadi (qo'g'a, qamish, ro'vak). Ka-ram, sebarga, makkajo'xori, bug'doy, olma kabi o'simliklar namlik yetarli muhitda o'sadi. Suv tanqisligiga chidamli o'simliklarning bargi mayda qipiqsimon (saksovul), bargi mayda bo'laklarga bo'lingan (shuvoq), seret (baliqko'z, sar-sazan, kaktus, agava) bo'ladi. Savol va topshiriqlar Barglarning suv bug'latishi qanday ahamiyatga ega? Xonada o'stiriladigan o'simliklarning bargi nima uchun yuvib va artib turiladi? Hamma o'simliklar ham bir xilda suv bug'latadimi? ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.61 MB
Ko'rishlar soni 202 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:21 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.61 MB
Ko'rishlar soni 202 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga