PIYOZDOSHLAR OILASI Darsning maqsad va vazifalari: -Ta'limiy: O'quvchilarda piyozdoshlar oilasi haqida ta'limni shakllantirish. -Tarbiyaviy: O'quvchilarda axloqiy sifatlarni shaqlantirish. -Rivojlantiruvchi: Dars jarayonida bilim va axloqiy fazilatlarni rivojlantirish. Bu oila vakillari Yer yuzida keng tarqalgan, faqat Avstraliyada uchramaydi. Oila 32 turkumga mansub 750 turni o'z ichiga oladi. Ular ko'p yillik piyozboshli o'simliklardan iborat. Barglari shishgan yoki yassi nashtarsimon, ipsimon, qalami, keng qalami, tasmasimon, ellipssimon, yaprog'i butun yoki qirqilgan, bandsiz, pastki qismi novsimon. To'pguli yoshligida qobiq bilan o'ralgan. To'pguli (soyabonsimon), asosan sharsimon va yarimsharsimon, ko'p gulli. Gullari ikki jinsli. Gulqo'rg'oni oddiy, to'g'ri gultojsimon.Quyida O'zbekistonda keng tarqalgan boshpiyoz (osh piyoz) bilan tanishamiz. Bosh piyoz piyozboshli ko'p yillik o't. Piyozboshi asosan tuxumsimon va yumaloq shakllarda bo'ladi. Qobig'i qattiq, butun, qo'ng'ir, oqish va qizg'ish rangli. Poyasi 100 sm gacha yetadi, qalin, yarmidan pastki qismi shishgan. Barglari ham shishgan. To'pguli (soyaboni) sharsimon, zich, ko'p gulli. Gulbandi gulqo'rg'onidan bir necha marta uzun. PIYOZDOSHLAR OILASI HAQIDA Piyozdoshlar oilasi. Tarqalishi - bu oila vakillari Yer yuzida keng tarqalgan, faqat Avstraliyada uchramaydi. Oila 32 turkumga mansub 750 turni o'z ichiga oladi. Hayotiy shakli - ko'p yillik o't Barglari - shishgan yoki yassi nashtarsimon, ipsimon, qalami, keng qalami, tasmasimon, ellipssimon, yaprog'i butun yoki qirqilgan, bandsiz pastki qismi novsimon. PIYOZDOSHLAR OILASI Gulqo'rg'oni yulduzsimon oqish-yashil rangli. Changchisi 3 ta. Bosh piyoz may-iyunda gullab, mevasi iyulda pishadi. Bosh piyozning juda ko'p navlari bor. Piyozlarning xalq xo'jaligidagi ahamiyati nihoyatda katta. Ular bevosita iste'mol qilinishidan tashqari turli oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlashda ishlatiladi. Bosh piyoz fitonsidlarga juda boy. Shuning uchun undan dorivor o'simlik sifatida turli kasalliklarni davolashda foydalaniladi. Foydali, ayniqsa dorivorlik xususiyatlariga ko'ra sarimsoq piyoz bosh piyoz bilan yonma-yon turadi. Tabiiy holda o'sadigan turlari orasida iste'mol qilinadiganlari ham ko'p.Bularga Pskom piyozi, Oshanin piyozi, mador piyoz (matur), qum piyoz, anzur piyoz kabilar kiradi. Bulardan tashqari tabiatda barglari va to'pgullari nihoyatda chiroyli turlarni ko'plab uchratish mumkin. Gul piyoz, cho'chqaquloq piyoz, suvorov piyozi, nor piyoz va qo'shbarg piyozlar xushmanzara turlardan hisoblanadi. Piyozlardan 10 tasi O'zbekiston Respublikasi «Qizil kitob»iga kiritilgan. PIYOZDOSHLAR OILASI Savollar: 1. Piyozdoshlar oilasiga xos belgilar nimalardan iborat? 2. Bosh piyoz to'pguli va guli qanday tuzilgan? 3. Piyoz turkumiga oid qanday tabiiy va madaniy o'simliklarni bilasiz? 4. Piyozdoshlar oilasiga kiruvchi o'simliklarning xalq xo'jaligidagi ahamiyati nimalardan iborat. ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 15:09:03
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.99 MB
Ko'rishlar soni
436 marta
Ko'chirishlar soni
38 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:23
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 15:09 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.99 MB
Ko'rishlar soni
436 marta
Ko'chirishlar soni
38 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:23 ]
Arxiv ichida: pptx