26-§. POYADA OZIQ MODDALARNING HARAKATLANISHI 6-sinf botanika darsligi asosida. 2017. Barcha tirik mavjudotlar singari o'simliklar ham oziq moddalar bilan tirik. Shunday ekan, bu oziq moddalar poyada qanday harakat qiladi, degan savol tug'iladi. Tarkibida mineral tuzlar bo'lgan suv yog'ochlik orqali ildizdan barglar tomon harakatlanadi. Buni tajribada sinab ko'rish mumkin. Buning uchun barg chiqargan novda yoki ochilib turgan gullardan foydalanish mumkin. Agar berilgan rangli suvga daraxtning bargli novdasini solib qo'yib, 2-3 soatdan keyin ko'ndalangiga va uzunasiga kesilsa, rangli suv novda bo'ylab yuqoriga ko'tarilganligi sababli yog'ochlik qism bo'yalganini ko'rish mumkin Shakar suvda oson erib, lubning elaksimon naychalari or-qali harakatlanib, o'simlikning turli qismlarida to'planadi. Shakar ayrim o'sirnliklarning, masalan, sabzi va lavlagining ildiz-mevasida, boshqalarining esa mevasi va urug'ida to'planadi. Kartoshka tugunagida esa shakar kraxmalga aylanadi. Oziq moddalarning barglardan lubga va u orqali bosh-qa organlarga o'tishini tajribada ko'rish mumkin. Buning uchun tol yoki terakning bir xil uzunlikdagi ikkita bargli novdasidan kesib olinadi. Novdalardan birining pastki qis-midan sal yuqorirog'idagi po'stlog'i halqa shaklida kesib olinadi. Oziq moddalarning barglardan lubga va u orqali boshqa organlarga o'tishini tajribada ko'rish mumkin. Buning uchun tol yoki terakning bir xil uzunlikdagi ikkita bargli novdasidan kesib olinadi. Novdalardan birining pastki qismidan sal yuqorirog'idagi po'stlog'i halqa shaklida kesib olinadi. Novdalar bir vaqtda suvga solinadi. Lekin po'stlog'i halqa shaklida kesilgan novdaning faqat pastki uchi suvga tushiriladi. Oradan ikki hafta o'tgach, nazorat uchun olingan novdaning pastki qismida ildizlar paydo bo'ladi. Po'stlog'i halqa shaklida kesib olingan novdada esa ildizlar po'stlog'i kesilgan joyi (halqa)ning yuqorisida hosil bo'ladi. Shunday qilib, suvda erigan holdagi mineral o'tkazuvchi naylar, organik moddalar esa elaksimon ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 15:09:03
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.94 MB
Ko'rishlar soni
215 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:09
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 15:09 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.94 MB
Ko'rishlar soni
215 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:09 ]
Arxiv ichida: pptx