6-sinf Botanika Poyalarning xilma-xilligi

6-sinf Botanika Poyalarning xilma-xilligi

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
6-sinf Botanika Poyalarning xilma-xilligi - rasmi

Material tavsifi

11-§. POYALARNING XILMA-XILLIGI 6-sinf botanika darsligi asosida. 2017. O'simliklarning turiga va o'sish sharoitiga qarab poyalar turli xil bo'ladi. Poyalar tuzilishiga ko'ra yog'och poya (terak, qayrag'och) va o't poya (arpa, ituzum)ga bo'linadi. Yog'och poyali o'simliklardan har yili yangi kurtaklar hosil bo'ladi. Natijada ko'p yillik yerustki poya vujudga keladi. O'tsimon poyalarning yerustki poyalari esa ko'pincha bir mavsum yashaydi. Poyalar juda kalta (piyozda) va haddan tashqari uzun bo'lishi mumkin. Masalan, mirzaterakning balandligi 20- 25 m ga yetsa, Kaliforniyadagi sekvoyadendronlarniki 135- 145 m, Avstral iyadagi evkaliptlarniki 150-155 m bo'ladi. Shuningdek, Janubiy Osiyoning tropik o'rmonlarida boshqa daraxtlarga chirmashib o'sadigan Rotang palmasi poyasining uzunligi 400 m ga yetishi barchani qiziqtiradi. Poyalar shoxlagan (olma, yong'oq), shoxlamagan (palma), bargli (jiyda, do'lana) yoki qipiqsimon bargli (saksovul, qandim) bo'ladi. Shuningdek, poyalar joylashishiga qarab bir necha xil bo'ladi: tik o'suvchi (terak, olma, bug'doy va boshqalar), ko'tarilib o'suvchi (sebarga), o'raluvchi (qo'y pechak, karnaygul). O'ra luvchi poyalarga ega bo'lgan o'simlik atrofdagi o'simlik yoki bironta tayanchga o'ralib oladi. Tok o'simligi ham gajaklari yordamida bag'azlarga ilashib oladi. Yoyilib yoki palak yoyib o'suvchi o'simliklar bironta tayanchga o'ralmasa tik tura olmaydi. Bularga qovoq, qovun, tarvuz, bodring va temirtikan kabilarni misol qilish mumkin. O'rmalovchi poyalar yer yuzasida qo'shimcha ildizlar chiqarib o'sadi. Qulupnay, g'ozpanja kabi o'simliklarning poyasi o'rmalovchi poya hisoblanadi. Poyalarning yo'g'onligi ham har xil. Bular orasida ipsimondan (pechaklar) to aylanas ining uzunligi 4-6 m (yong'oq) va 8-10 m (chinor)gacha yetadigan salobatli xillari ham bor. Poyalarning ko'ndalang kesimi ham juda xilma-xil. U ko'pincha yumaloq (bug'doy), shuningdek, uch qirrali (hilol), qanotli (burchoq), to'rt qirrali (rayhon) va hokazo. Poyalar yuzasi silliq ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.55 MB
Ko'rishlar soni 200 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:09 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.55 MB
Ko'rishlar soni 200 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga