6-sinf Botanika Qirqbo'g'imlar bo'limi

6-sinf Botanika Qirqbo'g'imlar bo'limi

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
6-sinf Botanika Qirqbo'g'imlar bo'limi - rasmi

Material tavsifi

43-§. QIRQBO'G'IMLAR BO'LIMI 6-sinf botanika darsligi asosida. 2017. Yer yuzida qirqbo'g'imlarning 30 dan ortiq turi o'sadi. O'zbekistonda qirqbo'g'imlarning bitta turkumiga kiruvchi 2 turi uchraydi. Qirqbo'g'imlar ko'p yillik o'simlik bo'lib, jinsiy, jinssiz va vegetativ yo'l bilan ko'payadi. Dala qirqbo'g'imi ildizpoyali ko'p yillik o't bo'lib, daryo, kanal va ariqlar bo'yidagi sernam yerlarda, zovur-lar yoqasida, buloqlar atrofida o'sadi. Uning poyasi, shox-lari serqirra va bo'g'imlarga bo'lingan. Shuning uchun ham unga qirqbo'g'im deb nom berilgan. Bo'g'im oraliqlarining ichi kavak. Uning shoxlari faqat poya bo'g'imlaridan chi-qadi va bo'g'imlarda halqa hosil qilib joylashadi. Barglari mayda bo'lib, poya va shoxlardagi bo'g'imlarda halqa hosil qilib o'rnashgan. Erta bahorda dala qirqbo'g'imining ildizpoyasidagi kurtaklardan bahorgi - generativ novda o'sib chiqadi. Bu novda qo'ng'ir rangli, shoxlanmagan bo'lib, uchida spora beruvchi bitta boshoq hosil bo'ladi. Ularda sporofillar (shakli o'zgargan barg) halqa hosil qilib o'rnashadi. Sporofillarning ostki tomonida 6-8 ta sporangiy joylashgan. Sporangiyda esa sporalar yetiladi Spora beruvchi boshoqlarda yetishgan sporalar tashqariga chiqqach, suv yoki shamol yordamida tarqaladi. O'sish uchun qulay sharoitga tushgan sporalaming ayrimlaridan erkak gametofit, ayrimlaridan esa urg'ochi gametofit unib chiqadi. Erkak gametofit - yashil, chetlari bo'lingan o'simta. Undagi anteridiylarda ko'p xivchinli spermatozoidlar hosil bo'ladi. Urg'ochi gametofit esa erkak o'simtadan biroz kattaroq bo'lib, undagi arxegoniy ichida tuxum hujayra hosil bo'ladi. Spermatozoidning tuxum hujayrasiga kelib qo'shilishi (urug'lanish) qirqbo'g'imlarda faqat suvda amalga oshadi. Urug'langan tuxum hujayradan hosil bo'lgan mo'rtak o'sib, yangi o'simlik - sporofitni hosil qiladi. Yozning boshlarida dala qirqbo'g'imining ildizpoyasi-dan yozgi - vegetativ novda o'sib chiqadi. Bu novda no-zik, yashil va shoxlangan bo'ladi. U fotosintez jarayonida organik moddalarni hosil qilishda ishtirok etadi. Qirqbo'g'imlar sporalari orqali ko'payishdan tashqari il-dizpoyalari orqali vegetativ yo'l bilan ham ko'payadi. O'zbekistonda qirqbo'g'imning sershox qirqbo'g'im deb nomlanadigan ikkinchi turi ham o'sadi. Bu tur dala qirq-bo'g'imidan bahorgi novdasining yo'qligi, spora beruvchi bo-shoqlari shoxlangan novdalar uchida hosil bo'lishi bilan farq qiladi. Qirqbo'g'imlar qimmatli dorivor o'simliklardir. Ularning poya va shoxlaridan tayyorlangan qaynatma va damlama siydik haydovchi dori sifatida ishlatiladi. Savol va topshiriqlar Qirqbo'g'imlar qanday tuzilishga ega? Sporalar qayerda va qanday yetiladi? Qirqbo'g'imlar qanday ko'payadi? Vegetativ poyalarning ahamiyati nimalardan iborat? Qirqbo'g'imlardan xo'jalikda qanday maqsadlarda foydalaniladi? 43-§. QIRQBO'G'IMLAR BO'LIMI 6-sinf botanika darsligi asosida. 2017. Yer yuzida qirqbo'g'imlarning 30 dan ortiq turi o'sadi. O'zbekistonda qirqbo'g'imlarning bitta turkumiga kiruvchi 2 turi uchraydi. Qirqbo'g'imlar ko'p yillik o'simlik bo'lib, jinsiy, jinssiz va vegetativ yo'l bilan ko'payadi. Dala qirqbo'g'imi ildizpoyali ko'p yillik o't bo'lib, daryo, kanal va ariqlar bo'yidagi sernam yerlarda, zovur-lar yoqasida, buloqlar atrofida o'sadi. Uning poyasi, shox-lari serqirra va bo'g'imlarga bo'lingan. Shuning uchun ham unga qirqbo'g'im deb nom ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.66 MB
Ko'rishlar soni 229 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:24 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.66 MB
Ko'rishlar soni 229 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga