44-§. QIRQQULOQLAR BO'LIMI 6-sinf botanika darsligi asosida. 2017. Yer yuzida qirqquloqlarning 10 00 ga yaqin turi tar-qalgan. Qirqquloqlarga ildizpoyali ko'p yillik o'tlar kiradi. Faqat tropik va subtropik mintaqalardagina ularning daraxt-simon vakillari uchraydi. Yer betiga qirqquloqlarning bir to'p patsimon qirqilgan uzun barglari o'sib chiqadi. Yosh barglaming uchi o'ralgan bo'lib, barg o'sgan sari yozila boradi. Qirqquloqlar o'sishi jihatidan qirqbo'g'imlarga o'xshasa ham, lekin bargining yirikligi va spora beruvchi boshoqlari-ning bo'lmasligi bilan ulardan farq qiladi. Qirqquloqlarning sporalari barglarining ostki tomonida yoki chetida joylash-gan qo'ng'ir rangli bo'rtma (sorus)ar ichiga joylashgan sporangiylarda yetishadi. Qirqquloqlarning ko'payishi ham xuddi qirqbo'g'imlar-nikiga o'xshash jinssiz va jinsiy bo'g'inlarning gallanishi bilan sodir bo'ladi. Soruslardagi sporangiylar ichida yetilgan sporalar sporangiy po'sti yorilgach tashqariga chiqadi va shamol yoki suv yordamida tarqaladi. Nam tuproqqa tushgan sporadan gametofit o'sib chiqadi. Qirqquloqlarning gametofit bo'yi 1 sm keladigan, yashil, yupqa va yuraksimon o'simta bo'lib, pastki qismidagi rizoidlari bilan tuproqqa yopishib turadi. Lekin u uzoq yashamaydi. Gametofitdagi anteridiylarda ko'p xivchinli harakatchan spermatozoidlar, arxegoniylarda esa tuxum hujayra yetiladi. Yomg'ir paytida anteridiy va arxegoniy uchidan ochiladi va anteridiydan chiqqan spermatozoidlar arxegoniylar ichiga kirib, tuxum hujayra bilan qo'shiladi. Urug'langan tuxum hujayradan mo'rtak hosil bo'ladi. Mo'rtak esa o'sib, undan yangi qirqquloq - sporofit rivojlanadi Qirqquloqlarning O'zbekistonda suvda o'sadigan vakili suv qirqqulog'idir. Suv qirqqulog'i bir yillik ildizsiz o'simlik. Ingichka, kalta poyasidagi bo'g'imlarda uchtadan barg joylashgan. Ikkita bargi butun bo'lib suv yuzasida, uchinchi bargi ipsimon qirqilgan bo'lib suv ostida turadi. Suv ostidagi barglari asosida soruslar joylashgan. Ularda ikki xil sporalar yetiladi Savol va topshiriqlar Qirqquloqlar qanday tuzilgan? Qirqquloqlar qanday qilib ko'payadi? Qirqquloqlar va qirqbo'g'imlarning farqini ayting. Zuhrasoch qirqqulog'ining o'ziga xos belgilari nimalardan iborat? Suv qirqqulog'i qanday tuzilgan? Qirqquloqlar bo'limi Reja Paporotniksimonlar haqida ma'lumot? Qirqquloqlar qanday tuzilgan? Qirqquloqlar qanday qilib ko'payadi? Qirqquloqlar va qirqbo'g'imlarning farqini ayting. Zuhrasoch qirqqulog'ining o'ziga xos belgilari nimalardan iborat? Suv qirqqulog'i qanday tuzilgan? Paporotniklar o'zining tarqalishi bilan yer shari o'simliklar qoplamida mustaqil Senozlar (jamoalar) hosil qiladi. Ayrim turlari dori sifatida (O'rmon qirqqulog'i), yana boshqalari esa o'g'it (Azolla) va manzarali o'simlik sifatida ishlatiladi. Bu bo'lim vakillari oldingi bo'limlaridan yirik bargliligi (makrofiliya) bilan ajralib turadi. Barglarining shakli har-xil bo'lib, ular patsimon, panjasimon, chetlari bo'laklarga bo'lingan, ba'zan butun holida bo'ladi. Paporotniksimonlar-polypodiophyuta Yer yuzida qirqquloqlarning 10 00 ga yaqin turi tar-qalgan. Qirqquloqlarga ildizpoyali ko'p yillik o'tlar kiradi. Faqat tropik va subtropik mintaqalardagina ularning daraxt-simon vakillari uchraydi. Matinli ma'lumot Yer betiga qirqquloqlarning bir to'p patsimon qirqilgan uzun barglari o'sib chiqadi. Yosh barglaming uchi o'ralgan bo'lib, barg o'sgan sari yozila boradi. Qirqquloqlar o'sishi jihatidan qirqbo'g'imlarga o'xshasa ham, lekin ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 15:09:03
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.45 MB
Ko'rishlar soni
322 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:24
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 15:09 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.45 MB
Ko'rishlar soni
322 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:24 ]
Arxiv ichida: pptx