Qovoqdoshlar oilasi Reja: 1. Qovoqdoshlar oilasi 2. Qovoqdoshlarga mansub o'simliklar Qovoqdoshlar Yer yuzida mazkur oilaga mansub 800 ga yaqin, O'zbekistonda esa 18 tur o'simlik o'sadi. Qovoqdoshlar oilasiga asosan bir yillik vа ko'p yillik o'tlar kiradi. Ularning poyasi (palagi) o'rmalab yoki barg qo'ltig'idan chiqadigan jingalaklar bilan ilashib o'sadi. Barglari oddiy, ketma-ket o'rnashgan, yaproqlari panjasimon bo'lingan yoki panjasimon qirqilgan. Gullari to'g'ri, ayrim jinsli, hasharotlar yordamida changlanadi. Gulqo'rg'oni murakkab. Kosachasi 5 ta kosachabargning, toji ham 5 ta tojbargning qo'shilishidan hosil bo'lgan. Changchilari 5 ta, ulardan 4 tasi 2 tadan juft bо'lib qo'shilgan, 1 tasi erkin. Ba'zi vakillarida hamma changchilarining iplari o'zaro qo'shilgan. Urug'chilari 3 ta, lekin ularning tuguncha vа ustunchalari ham bir-biri bilan qo'shilgan. Tugunchasi ostki. Qovoqdoshlarga mansub o'simliklaming gullari ayrim jinsli bo'lganligi uchun ularning changchi vа urug'chi gullariga alohida-alohida formula vа diagrammalar beriladi. Changchi gulining formulasi: K(5) T(5)Ch(2)+(2)+1U0 yoki K(5)T(5)Ch(5)U(O), urug'chi guliniki: К(5)T(5)Ch(0)U(3). Qovoqdoshlaming mevasi - etdor, sersuv, soxta rezavor mеvа. O'zbekistonda ko'plab ekiladigan bu oilaga mansub o'simliklardan biri oshqovoq (oyim qovoq) dir. Qovoqdoshlar oilasiga mansub it qovun ekinlar orasida begona o'simlik sifatida uchraydi. Oshqovoqning mevasi yirik, soxta rezavor mеva. Меvaning tashqi qavati qattiq, ichki qavati esa shirador va etdor. Ovqatga ishlatiladi. Urug'ida 50 % gacha ovqatga ishlatiladigan yog'lar bor. Oshqovoq qovoq turkumiga mansub bir yillik sabzavot o'simligidir. Poyasi silindrsimon, mayin tuklar bilan qoplangan, o'rmalab yoki jingalaklari bilan ilashib o'sadi. Barglari yirik, buyraksimon, yaprog'i 5-7 ga bo'lingan. Oshqovoq bir yillik o'simlik. Uning changchi va urug'chi gullari bitta tupda etishadi. Oshqovoq gullari sariq. Changchili gullari nisbatan yirik bo'lib, urug'chili gullardan oldinroq ochiladi, changchilari 5 ta, lekin ularning iplari bir-biri bilan qo'shilib bitta o'q hosil qiladi, changdonlari esa o'qni atrofidan o'rab turadi. Urug'chi gullari nisbatan kichikroq. Ularda 3 ta tumshuqchali bitta urug'chi bordek ko'rinadi. Aslida esa bu guldagi 3 ta urug'chi tugunchalarining va ustunchalarining qo'shilishidan hosil bo'lgan urug'chidir. Bunga qo'shilmay qolgan 3 ta tumshuqcha dalildir. O'zbekistonda qovoq turkumiga oid 3 ta tur o'simlik ekiladi. Respublikamizda keng miqyosda ekiladigan shirin-shakar handalak, qovun-tarvuzlar hamda bodring, turli-tuman shakldagi idish-qovoqlar, qozonyuyg'ichlar ham qovoqdoshlar oilasiga kiradi. Qovoqdoshlar 1. Burigin V. A., Jongurazov F. X. Botanika. Toshkent, O'qituvchi, 1977. 2. Kursanov A. va boshqalar. Botanika. Toshkent O'rta va Oliy maktab Davlat nashriyoti. 1963. 3. Mustafayev S. M. Botanika. Toshkent, O'zbekiston, 2002. 4. Sahobiddinov S. S. O'simliklar sistematikasi. Toshkent, O'qituvchi, 1976. Foydalaniladigan adabiyotlar: ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 15:09:03
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx, doc
Fayl hajmi
2.96 MB
Ko'rishlar soni
237 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:24
Arxiv ichida: pptx, doc
Joylangan
03 Aug 2022 [ 15:09 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx, doc
Fayl hajmi
2.96 MB
Ko'rishlar soni
237 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:24 ]
Arxiv ichida: pptx, doc