6-sinf Botanika Ra'nodoshlar oilasi

6-sinf Botanika Ra'nodoshlar oilasi

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
6-sinf Botanika Ra'nodoshlar oilasi - rasmi

Material tavsifi

47-§. RA'NODOSHLAR OILASI 6-sinf botanika darsligi asosida. 2017. Bu oilaga Shimoliy Yarimsharning mo'tadil iqlimli min-taqalarida o'sadigan 300 ga yaqin turdagi daraxt, buta va ko'p yillik o'tlar kiradi. Ra'nodoshlarning barglari yonbargchali, oddiy, murakkab uch bargchali yoki murakkab toq patsimon bo'ladi, poyada navbat bilan o'rnashadi. Gullari yakka-yakka, barg qo'ltig'ida o'rnashgan yoki shingil, qalqon, soyabon shaklidagi to'pgullarda joylashgan, ikki jinsli, to'g'ri gul, hasharotlar yordamida changlanadi. Gulqo'rg'oni murakkab, to'g'ri, ko'pincha 5 a'zoli. Gul-tojbargi 5 ta, qo'shilmagan. Changchilari ko'p. Urug'chisi bitta yoki ko'p. Mevalari bir danakli (shaftoli, o'rik), ko'p danakli (malina, olma, nok) mevalar. Bu oilaga tobulg'i, olcha, na'matak, olma, olxo'ri, bodom, nok, shaftoli, kamxastak, gilos, qulupnay, may-munjon kabi turkumlar kiradi. Mazkur oilaga kiruvchi tur va turkumlarning ko'pligi tu-fayli ularning gul tuzilishini yagona formula va diagramma bilan ifodalab bo'lmaydi. Tog' va to'qaylarda na'matak turkumiga mansub turlar o'sadi. Ulardan biri oddiy na'matak (ra'no)dir (95-rasm). U bo'yi 2-3 m ga yetadigan, poyasi ko'p, tikanli, ser-shox buta. Barglari murakkab, toq patsimon, 5-9 yaproq-chali. Iyun-iyul oylarida gullaydi. Gullari yirik, eni 8-9 sm, asosan och pushti, gulkosacha va gultoji 5 tadan. Gulda juda ko'p changchi va urug'chilari bor. Na'matakning soxta mevasi to'q qizil, etdor, uzunchoq tuxumsimon, uzunligi 2-3 sm, ichida juda ko'p qattiq urug'lari bor. Meva tarkibida inson salomatligi uchun zarur moddalardan darmondori, limon kislota, oshlovchi va bosh-qa moddalar bo'ladi. Tabobatda avitaminoz kasalligining ol-dini olish va davolashda ishlatiladi. O'zbekistonda bu turkumga mansub 13 tur o'simlik o'sadi. Na'matak madaniy atirgullarning yowoyi turi hi-soblanadi. Yowoyi olma, nok, olcha va boshqa mevali o'simliklar qurg'oqchilik, sovuq va zararkunandalarga chidamliligi tu-fayli yangi navlar yaratishda, chatishtirish yoki payvandtag qilish uchun muhim ahamiyatga ega. Ra'nodoshlar oilasiga tegishli o'simliklar Respublikamiz-da madaniy holda ham ko'p tarqalgan. Ularga o'rik, shaftoli, gilos va olxo'ri, qulupnay, malina kabilar kiradi va ular xalq xo'jaligida katta ahamiyatga ega. Oila vakillaridan ikkitasi (O'rta Osiyo noki, Olga sorbariyasi) O'zbekiston Respub-likasining «Qizil kitob»iga kiritilgan. Savol va topshiriqlar Ra'nodoshlar oilasiga xos belgilarni aytib bering. Ra'nodoshlar oilasiga kiruvchi o'simliklarning gul tuzilishi qanday? Olma va na'matakning gul formulasini yozing hamda tushuntiring. Ra'nodoshlar oilasiga mansub qanday madaniy o'simliklarni bilasiz? Shu oilaga kiruvchi yowoyi o'simliklarni ayting. Ra'nodoshlar oilasiga mansub o'simliklarning odamlar hayotidagi o'rni qanday? ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.53 MB
Ko'rishlar soni 529 marta
Ko'chirishlar soni 44 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:24 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.53 MB
Ko'rishlar soni 529 marta
Ko'chirishlar soni 44 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga