6-sinf Botanika Shakli o'zgargan novdalar

6-sinf Botanika Shakli o'zgargan novdalar

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
6-sinf Botanika Shakli o'zgargan novdalar - rasmi

Material tavsifi

19-§. SHAKLI O'ZGARGAN NOVDALAR 6-sinf botanika darsligi asosida. 2017. Shakli o'zgargan novdalar yerosti va yerusti shakli o'zgargan novdalarga bo'linadi. Shakli o'zgargan yerosti novdalariga esa piyozbosh, tugunak, ildizpoya kiradi. Shakli o'zgargan yerosti novdalar muhim biologik aha-miyatga ega. Ular o'simliklarni noqulay tashqi muhitdan saqlaydi, o'zida ko'p miqdorda oziq moddalar to'playdi va ularning vegetativ yo'l bilan ko'payishi uchun xizmat qiladi. O'simliklar bargida boradigan murakkab biologik jara-yonlar natijasida organik (oziq) moddalar hosil bo'ladi va ular turli organlarda to'planadi. Bu moddalar o'simliklarning o'sishi va rivojlanishi uchun sarflanadi. Tuproq orasida piyoz hosil qiladigan o'simliklar piyoz-boshli o'simlik deyiladi. Bosh piyozning piyozini hammamiz yaxshi bilamiz. U kurtak singari, tashqi tomondan quruq qobiq bilan o'ralgan. Bu qobiq uni yozda issiqdan va qishda sovuqdan saqlay­di. Agar u uzunasiga kesib qaralsa, tubida qisqargan kalta poyacha borligini ko'rish mumkin. Piyozning tubidagi kalta poyacha asosidan pastga qarab mayda qo'shimcha ildizlar hosil bo'ladi. Yuqorida esa seret qobiqlar (shakli o'zgargan barglar), kurtaklarni ko'rish mumkin. Piyozning ana shu se­ret barglari shakli o'zgargan barglar bo'lib, ularning hujay-ralarida oziq moddalar to'planadi. Vaqt o'tishi bilan kurtak-dan barglar, gulpoya o'sib chiqadi. Gulpoya uchida to'pgul hosil bo'ladi. Demak, piyozbosh shakli o'zgargan yerosti novdadir. Tugunak va ildizpoyalar ham o'simliklarning shakli o'zgargan yerosti novdasidir. Tugunakli o'simliklarga ham-mamizga tanish bo'lgan kartoshka, topinambur kabilar kira­di. Ulardan eng ko'p tarqalgani kartoshka bilan tanishamiz. Kartoshkaning tugunaklari uning yerosti poyasidan hosil bo'ladi. U, asosan, yumaloq shaklda bo'lib, o'zida ko'p miqdorda oziq moddalar (ayniqsa, kraxmal) saqlaydi, ichki tuzilishi jihatidan novdaga o'xshaydi. Tugunaklaridagi chuqurchalarda - ko'zchalarida kurtaklar joylashganligi bilan boshqa yer osti novdalardan farq qiladi. Tugunaklar issiq, sernam sharoitda tez ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.71 MB
Ko'rishlar soni 233 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:09 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.71 MB
Ko'rishlar soni 233 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga