6-sinf Botanika Sho'radoshlar oilasi

6-sinf Botanika Sho'radoshlar oilasi

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
6-sinf Botanika Sho'radoshlar oilasi - rasmi

Material tavsifi

Sho'radoshlar oilasi Bu oilaga deyarli hamma qit'alarning sahro va cho'llarida, qumlarda va sho'rtob yerlarda o'sadigan 100 dan ortiq turkumga mansub, 1500 turga oid daraxtlar, butalar, ko'p yillik, ikki yillik va bir yillik o'tlar kiradi. Bularning ko'pchiligi cho'llarda o'sadi. Bu o'simliklar ko'pincha etdor - sersuv bo'ladi. Barglari oddiy, yonbargsiz, ketma-ket yoki qarama-qarshi o'rnashgan. Bargi juda kichrayib ketgan yoki butunlay yo'qolib ketganlari ham bor. Gullari mayda, yashil yoki rangsiz, to'g'ri yoki qiyshiq, ikki jinsli, ba'zan ayrim jinsli, boshoqsimon yoki shingilsimon to'pgulda o'rnashgan. Gulqo'rg'oni oddiy, kosachasimon, 5 ta yashil yoki rangsiz pardasimon bargchalardan tashkil topgan yoki gulqo'rg'on butunlay yo'qolib ketgan. Changchilari 2 - 5 ta. Urug'chisi 2 - 5 mevabargdan iborat. Mevasi asosan yong'oqcha. Qizil lavlagi Sho'radoshlarning keng tarqalgan vakillaridan biri oddiy lavlagidir. Oddiy lavlagi lavlagi turkumiga mansub ikki yillik o'simlik. U urug'dan chiqqan birinchi yili uzun bandli yirik barglar va oziq moddalarga boy, yo'g'onlashgan ildiz (ildizmeva) hosil qiladi. Ikkinchi yili unda mayda bargli, sershox, uchi to'pgullar bilan tugovchi poya vujudga keladi. U may oyida gullaydi. Gullari mayda. Gulqo'rg'oni oddiy, gulkosachasimon, changchilari 5 ta. Urug'chisi 3 ta meva bargning qo'shilishidan hosil bo'lgan. Lavlagining mevasi - sentabrda pishadi. Mevasi yong'oqcha. Sho'radoshlarga mansub ismaloq turkumi-ning O'zbekistonda 2 turi o'sadi. Ulardan biri rezavor ismaloq bo'lib, u ziravor o'simliklar qatorida ekiladi; poya va barglari ovqatga ishlatiladi. Ikkinchisi Turkiston ismalog'i. U bir yillik, ikki uyli begona o't. Qumli cho'llarda saksovul turkumiga oid oq va qora saksovul o'sadi. Bularning ikkalasi ham uncha yirik boimagan daraxtlardir. Barglari juda mayda. Saksovullar martning oxiri - aprelning boshlarida o'sa boshlaydi va gullaydi. Sentabrning ikkinchi yarmidan boshlab saksovullar mevalaydi. 5 ta gulqo'rg'on bargchalardan qanotcha o'sib chiqadi. Bundan tashqari, saksovullar ko'chma qumlarni mustahkamlashda keng qo'llaniladi. Sho'radoshlarning ko'pchilikturlari gipsli va sho'rli cho'l o'tloqlaridagi asosiy yem-xashak olsimliklari qatoriga kiradi. Masalan, teresken, ebalak, sag'an, izen, baliqko'z, sho'rak, quyonjun, donasho'r turkumlariga oid o'simliklarni tuyalar va qorako'l qo'ylari kuzda ishtaha bilan yeydi. Jzen, chtfgon va keyreukni madaniy yem-xashak o'simtiklari qatoriga kiritish ustida O'zbekiston Fanlar akademiyasining «Botanika» ilmiy-ishlab chiqarish markazida ilmiy tekshirish ishlari olib borilmoqda. Cherkezning bargi va mevasidan olinadigan dori tibbiyotda qon bosimini pasaytirish uchun ishlatiladi. Itsigakdan olinadigan zaharli modda - anabazin qishloq xo'jaligiga zarar keltiruvchi hashoratlarga qarshi kurashda qo'llanadi. O'zbekistonda sho'radoshlar oilasiga mansub 44 turkumga oid 200 ga yaqin tur o'sadi. Bu oilaga mansub 8 ta tur Respublika Qizil kitobiga kiritilgan. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.89 MB
Ko'rishlar soni 262 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:25 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.89 MB
Ko'rishlar soni 262 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga