53-§. TOKDOSHLAR OILASI 6-sinf botanika darsligi asosida. 2017. Bu oilaga asosan tropik va subtropik mintaqalarda tar-qalgan 600 dan ortiq tur kiradi. Tokdoshlar oilasi jinga-laklari yordamida boshqa narsalarga ilashib o'sadigan buta va daraxtlami o'z ichiga oladi. Tokdoshlardagi jingalaklar novda shaklining o'zgarishidan hosil bo'lgan. Barglari od-diy, murakkab, uzun bandli, yonbargchali. Gullari mayda, to'g'ri, ikki yoki bir jinsli, rangsiz, ro'vak (murakkab shin-gil) to'pgulga yig'ilgan. Gulqo'rg'oni murakkab, gulkosa-chasi yaxshi taraqqiy yetmagan. Gultojbarglari 5 ta, erkin yoki uchi bilan bir-biriga qo'shilgan. Changchilari 5 ta. Urug'chisi bitta, asosan, ikkita mevabargning qo'shilishidan hosil bo'lgan. Mevasi - rezavor meva. Tokdoshlarning keng tarqalgan vakillaridan biri madaniy tokdir. Uning bo'yi 2-4 (6-10) m gacha yetadi. Vegetativ yo'l bilan ko'paytiriladi. Bargi oddiy, uzun bandli, panjasimon bo'lingan. Gullari mayda, ikki jinsli, odatda murakkab sningil (bosh) deb ataladigan to'pgulga joylashgan. Madaniy tok gulining tuzilishi oila uchun xos bo'lgan gul tuzili-shiga o'xshaydi, lekin bunda 5 ta gultojbarg bir-biriga qo'shilgan bo'lib, urug'chi va changchilarini ustidan qalpoqqa o'xshab qoplab turadi va gul ochilishi paytida tu-shib ketadi. O'zbekistonda tokning 500 ga yaqin navi o'stiriladi. Bulardan kishmish, kattaqo'rg'on, qorago'zal, daroyi, buvaki, hiloliy, qirmizi, husayni, sohibi, rizamat, toyipi, charos, soyaki, chillaki kabi nav-lari keng tarqalgan Yozgi oshxona va choyxonalar, dala shiyponlari va ay-vonlar oldiga yowoyi uzum nomi bilan manzarali o'sim-lik - beshyaproqli partenotsissus ekiladi. Bu partenotsis-sus turkumiga oid poyasi ingichka, uzun jingalaklari bilan ilashib tikkasiga 10-15 (20) metrgacha ko'tarila oladigan, barglari panjasimon murakkab o'simlik. Guli va mevasining tuzilishi toknikiga o'xshaydi. Vatani Shimoliy Amerika. Respublikamizning janubiy viloyatlaridagi tog'laming toshloq va qoyali yonbag'irlarida terakbargli liftok o'sadi. Bu liftok turkumiga oid yotib o'suvchi buta. Barglari bu-tun, cheti yirik tishli. Gulining tuzilishi toknikiga o'xshash. Mevasi qora, mayda, rezavor meva, iste'mol qilishga yara-maydi. Savol va topshiriqlar Tok gulining tuzilishini tushuntiring. Tok qanday mevali o'simlik? Tokning qanday navlarini bilasiz? O'zbekistonda uzumchilikni rivojlantirishda Rizamat otaning his-sasi nimalardan iborat? Tokning xalq xo'jaligidagi ahamiyati nimalardan iborat? ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 15:09:03
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.24 MB
Ko'rishlar soni
260 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:27
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 15:09 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.24 MB
Ko'rishlar soni
260 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:27 ]
Arxiv ichida: pptx