6-sinf Botanika dars ishlanma. To'pgullar

6-sinf Botanika dars ishlanma. To'pgullar

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
6-sinf Botanika dars ishlanma. To'pgullar - rasmi

Material tavsifi

22-§. TO'PGULLAR 6-sinf botanika darsligi asosida. 2017. Bir-biriga yaqin joylashgan bir nechta gullar yig'indisi to'pgul deyiladi. To'pgul hosil qilmaydigan yakka-yakka gulli o'simliklarga lola, binafsha va behini misol qilib keltirish mumkin. Ko'pchilik o'simliklarda gullar to'pgullarda yig'iladi. To'pguldagi gullar yakka gullarga qaraganda yaxshi chang-lanadi. Gullari asosiy gulpoya (to'pgul o'qi)da joylash­gan to'pgullar oddiy to'pgullar deyiladi. Bir qancha oddiy to'pgullarning yig'indisi murakkab to'pgullarni hosil qiladi. Bunday to'pgullar murakkab to'pgullar deyiladi. Oddiy to'pgullar. Shingil to'pgulda gullar uzun gulpoyada gulbandlari yor-damida navbat bilan joylashadi. Masalan, karam, qurttana, jag'-jag', rediska kabi o'simliklar shingil to'pgul hosil qiladi. Zubturumning mayda gullari uzun gulpoyada bandsiz joylashadi. Bunday to'pgul oddiy boshoq deb ataladi. Olma, nok, gilos, olchaning to'pguli oddiy qalqonsimon bo'ladi. Qalqoncha to'pgulda turlicha uzunlikdagi gulbandli gullar kalta gulpoyada navbat bilan joylashadi. Gulpoyaning pastki qismidagi gullarning bandi yuqoridagilarga nisbatan uzunroq bo'lgani uchun gullarning yuqori qismi bir xil te-kislikda bo'ladi Yo'g'on va uzun gulpoyada bandsiz gullar joylashgan to'pgul so'ta deyiladi. Masalan, makkajo'xorining urug'chi-li gullari so'tada to'plangan. Sebarganing gullari kalta va yo'g'on gulpoyada bandsiz joylashib, sharsimon shakldagi bosh (kallak)cha to'pgulni hosil qiladi. Soyabon to'pgulida joylashgan gullar bir xil uzunlikdagi bandi bilan gulpoyaning uchki qismida joylashadi, masalan, piyozda. Gulpoyasining uchi etdor likopchasimon kengaygan to'p-gul savatcha deyiladi. Savatchani tashqi tomondan o'rama barglar o'rab turadi. Masalan, kungaboqar, qoqio't kabi osimliklarning gullari savatcha to'pgulga o'rnashgan. Yong'oq, oqqayin va tolning changchili gullari kuchala to'pgulga yig'ilgan. Kuchala boshoqqa o'xshaydi, lekin aso-siy gulpoyasining osilib turishi bilan farq qiladi. Murakkab to'pgullar. Sabzi, ukrop (shivit), petrushka, shashir va bodiyon kabi o'simliklarning gullari murakkab soyabon hosil qiladi. Murakkab soyabon asosiy gulpoyaning uchki qismida joylashgan oddiy soyabonchalardan tashkil topadi. Bug'doy, arpa, javdar va bug'doyiq kabi o'simliklar to'pguli murakkab boshoq bo'lib, u asosiy gulpoyada joy-lashgan oddiy boshoqchalardan tarkib topadi. Murakkab shingil to'pguli asosiy gulpoyada joylashgan shingillar (nastarin, tok)dan yoki boshoqchalar (makkajo'xo-rining changchili gullari, sholi, suli)dan iborat Savol va topshiriqlar To'pgul deb nimaga aytiladi? Oddiy va murakkab to'pgullar bir-biridan qanday farq qiladi? Shingil to'pgul nima? Unga misol keltiring. Savatcha, so'ta va kuchalalarda gullar qanday joylashgan? ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 12.31 MB
Ko'rishlar soni 374 marta
Ko'chirishlar soni 27 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:27 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 12.31 MB
Ko'rishlar soni 374 marta
Ko'chirishlar soni 27 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga