24-§. URUG' 6-sinf botanika darsligi asosida. 2017. Urug' - urug'li o'simliklarning ko'payish organi. U mo'rtak, endosperm va po'stdan iborat. Har bir o'simlikning urug'i o'ziga xos tuzilgan. O'simliklar urug'pallasi soniga qarab bir va ikki umg'pallali o'simliklarga bo'linadi Ikki urug'pallali o'simliklar urug'ining mo'rtagi ikki umg'pallali bo'ladi. Mo'rtak ildizcha, poyacha, kurtakcha va ikkita urug'pallabargdan tashkil topgan. Urug'i ikkita umg'pallaga ega bo'lgan o'simliklar ikki umg'pallali o'simliklar deyiladi. G'o'za chigit (umg')i ustidan qalin yog'ochsimon qobiq bilan o'ralgan. Bu qobiq hujayralarida juda uzun tuklar, ya'ni tolalar joylashgan. Yog'ochsimon qobiq ostida oq va yupqa po'st, uning ostida esa qat-qat bo'lib joylashgan ikki urug'pallali mo'rtak o'rnashgan Ikki urug'pallali o'simliklar urugiari yer yuziga ikkita urug'palla bargi bilan chiqadi. Bir urug'pallali o'simliklarning urug'i ikki urug'pallali o'simliklarnikidan keskin farq qiladi. Bir urug'pallali o'simliklarning urug'i urug' po'sti, mo'rtak (boshlang'ich il-dizcha, poyacha, kurtakcha va bitta urug'palla), endosperm-dan tashkil topgan. Ularga bug'doy, arpa, suli, makkajo'xori kabi o'simliklar kiradi. Yer yuzida eng ko'p tarqalgan bir urug'pallali o'simlik-lardan biri bug'doydir. Bug'doyning urug' (don)i cho'ziq shaklda. Uning sirti yupqa sariq po'st bilan qoplangan. Bu po'st qo'shilib o'sgan ikkita qobiqdan iborat. Tashqisi meva qobig'i, ichkisi esa urug' po'sti hisoblanadi. Bug'doy, arpa, javdar, suli, sholi, makkajo'xori kabi o'simliklarning urug'i don deb yuritiladi. Urug'ning aksariyat qismi endosperma - oziq moddalar to'plamini tashkil etuvchi hujayralardan iborat. Urug'ning tarkibi. O'simliklarning turiga qarab urug'ning tarkibi har xil bo'ladi. Urug' tashqaridan quruq bo'lib ko'rinishiga qaramay, uning tarkibida oz miqdorda suv bo'ladi. Buni bilish uchun probirkaga bug'doy yoki boshqa o'simlik urug'idan solib, uni alanga ustida tutib qizdiring. Oradan ko'p vaqt o'tmay, probirka devorida hosil bo'lgan ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 15:09:03
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.75 MB
Ko'rishlar soni
194 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:09
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 15:09 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.75 MB
Ko'rishlar soni
194 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:09 ]
Arxiv ichida: pptx