35-§. URUG'LARNING UNIB CHIQISHI 6-sinf botanika darsligi asosida. 2017. Urug'lar biologik xossasiga ko'ra turli muddatda yetiladi va turli sharoitda unib chiqadi. Urug'ning unib chiqish xusu-siyati ba'zi o'simliklarda bir yil saqlansa, boshqalarida 10-100 yil ham saqlanishi mumkin. Har bir urug'ning unib chiqishi uchun ma'lum sharoit za-rur. Aks holda u unmaydi. Bi-rinchi navbatda, ular ma'lum muddatli tinim davrini o'tishi zarur. Urug'lar suvni o'ziga shi-mib olib, bo'rta boshlaydi va katta bosim ostida o'sadi. Ana shu bosim kuchi ostida urug'lar po'stini yorib yuboradi. Suv faqat urug' laming bo'rtishi uchun emas, balki rivojlanayotgan maysalarning oziqlanishi uchun ham zarur, chunki unda urug'dagi oziq moddalar eriydi, kraxmal sha-karga aylanadi. Bug'doy maysasidan tayyorlanadigan suma-lakning shirin bo'lishiga sabab ham ana shunda. Urug'larning unishi uchun havo ham juda zarur. Urug'lar tez va bir tekis unib chiqishi uchun tuproq yumshoq, o'rtacha namlikda bo'lishi kerak. Urug'lar o'lchamiga qarab turlicha chuqurlikda ekiladi. Ularning unib chiqish harorati har xil. Odatda, yirik urug'lar maydalariga qaraganda chuqurroq ekiladi, chunki yirik urug'da oziq moddalari ko'p bo'ladi. Maysalar shu oziq hisobiga tuproq yuzasiga oson unib chiqadi. Urug'ning unib chiqishi uchun zarur omillardan yana bin haroratdir. Turli o'simliklar urug'i unib chiqishi uchun turli xil haroratni talab qiladi (76-rasm). O'rik, shaftoli, bodom kabi o'simliklarning danagi qattiq bo'lgani uchun sekin unadi, ularning danagi kuzda ekiladi. Nish - urug'dan endigina o'sib chiqqan kalta va nozik o'simta. Bobodehqonlarimiz una boshlagan urug'ga «urug' nish urdi» deb, bejiz aytmaganlar. Nishning o'sishi uchun oziq moddalar zarur. Bu moddalar nishga urug'pallalar va endospermdan o'tadi. Oziq moddalar hujayra sitoplazmasi-ga faqat suvda erigandan keyin o'ta oladi. Turli jarayon-lar natijasida o'zgargan organik moddalar suvda erib, mur-takka o'tadi. Natijada mo'rtak qismlarining hujayralari oziq-lanadi. Urug'da oziq moddalar qancha ko'p bo'lsa, nish shuncha yaxshi rivojlanadi. Demak, oziq moddalari ko'p bo'lgan yirik urug'lardan baquwat, mo'l hosil beradigan o'simliklar yeti-ladi. Urug'larni saralab ekishning mohiyati ham ana shunda. O'sish davomida nishda o'simlikning organlari shaklla-na boshlaydi. Uning yosh ildizchasi tuproq ichkarisiga kirib boradi. kurtakli poyachasi esa tuproq yuziga o'sib chiqadi. Ikki urug'pallali o'simliklarning urug'palla barglari shakl-lanadi. Urug'palla barglari yer yuziga chiqqandan so'ng yashil rangga kiradi va kunlar o'tishi bilan undagi oziq moddalar kamayib boradi. Natijada ular yupqalashadi, bujmaya-di va sarg'ayib to'qilib ketadi. Nish o'sib, asta-sekin may-saga aylanadi. Maysalar fotosintez jarayonida hosil bo'lgan moddalardan oziqlana boshlaydi. Ikki urug'pallali o'simliklarning nishi ikkita urug'palla bargi bilan yer yuzasiga chiqadi Savol va topshiriqlar Urug'ning unishi uchun suv qanday ahamiyatga ega? Nima uchun hamma urug'lar ham bir xilda unib chiqmaydi? Hamma madaniy o'simliklarning urug'i bir xil chuqurlikda ekiladimi? Urug' va nish o'sishi ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 15:09:03
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
7.84 MB
Ko'rishlar soni
276 marta
Ko'chirishlar soni
23 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:29
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 15:09 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
7.84 MB
Ko'rishlar soni
276 marta
Ko'chirishlar soni
23 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:29 ]
Arxiv ichida: pptx