59-§. YERDA O'SIMLIKLAR DUNYOSINING RIVOJLANISHI 6-sinf botanika darsligi asosida. 2017. Olimlarning aniqlashicha, bundan uch yarim milliard yil oldin Yer yuzining juda ko'p qismi suv tubida bo'lgan. Ana shu suv ichida birinchi bo'lib, eng sodda tirik mavjudotlar paydo bo'lgan. Ana shu dastlabki tirik mavjudotlardan qadimgi bir hujayrali organizmlar vujudga kelgan. Ularning ba'zilari rangsiz bo'lib, zamonaviy bakteriyalarga o'xshab ketgan. Ba'zilarida esa vaqt o'tishi bilan xlorofill vujudga kelib, hozirgi bir hujayrali suvo'tlarga o'xshab qolgan. Ular asta-sekin murakkablashib borib, bir hujayrali suvo'tlardan ko'p hujayrali suvo'tlar kelib chiqqan. Bundan 570-510 million yillar oldin Yer yuzida suvo'tlarning ko'p turlari yashagan va hukmronlik qilgan Dengiz chekingan sayin suvo'tlarning ko'pchiligi quruqlikka chiqib qolgan. Ba'zi suvo'tlar dengizning sayozlashgan joylarida, keyinchalik esa dengiz sohilidagi sernam joy-larda yashashga moslashib borgan. Bular dengiz sohilidagi sernam tuproqda o'sa boshlagan va suvdan quruqlikka chiq-qan dastlabki quruqlik o'simliklari hisoblangan. Bunga mi-sol qilib, 1859-yilda Kanadadan topilgan psilofit, 1912-yilda Shotlandiyadan topilgan riniya, 1937-yilda Buyuk Brita-niyadan topilgan kuksoniyalarni ko'rsatish mumkin. Ular-da ildiz va barglar bo'lmagan, shoxlagan poya va shoxlar uchida sporangiylari bo'lgan. Ularning bo'yi 50-70 sm, poyasining yo'g'onligi esa 5-10 sm ga yetgan. Bu o'simliklar million yillar davomida quruqlikda yashashga moslashib, o'zgarib borgan. Bundan 400-230 million yillar awal dastlabki quruqlikka chiqqan o'simliklardan qirqquloqlar va qirqbo'g'imlar, pi aim lar paydo bo'lgan. Bu davrda, qirqquloqsimonlarning o'sishi va rivojlanishi uchun qulay sharoit vujudga kelgan hamda bo'yi 25-30 m, yo'g'onligi 1-1,5 m keladigan daraxtsimon qirqbo'g'imlar va daraxtsimon qirqquloqlar paydo bo'lgan, Shu davrning oxirlarida qirqquloqlardan urug'li qurqquloqlar vujudga kelgan. Bundan 200 million yillar ilgari urug'li qirqquloqlardan ochiq urug'li o'simliklar paydo bo'lgan. Yangi, murakkab hayot sharoiti qirqquloqsimonlar uchun noqulay bo'lib, ularning ayrimlari yo'qola boshlaydi. Ularning ko'pchiligi, ayniqsa, daraxt va buta shaklidagilari yo'qolib ketgan. Ularning qoldiqlarini faqat qazilma holida uchratish mumkin. Qirqquloqsimonlaming o'rnini sekin-asta quruq iqlimga yaxshi moslashgan ochiq urug'li o'simliklar egallay boshlagan. Bundan 140 million yillar ilgari, urug'li qirqquloqlarning shu davrgacha saqlanib kelgan vakillaridan yopiq urug'li o'simliklar paydo bo'lgan. Iqlim tobora quruqlashib borishi bilan urug'li qirqquloqlarning qolgan vakillari va ular bilan birgalikda qadimgi ochiq urug'li o'simliklar ham asta-sekin yo'qola boshlagan. Ochiq urug'li o'simliklarning bizgacha yetib kelgan qarag'ay, qoraqarag'ay, archa kabi vakillari namlik biroz ko'proq tushadigan shimoldagi o'rmon zonasida va baland tog'larda saqlanib qolgan. Bo'r davridan boshlab yopiq urug'li o'simliklar nihoyat-da tezlik bilan ko'payib yer yuzini egallay boshlagan. Yopiq urug'li o'simliklar turli muhit, sharoitlarda o'sishga moslash-ganligi tufayli yer yuzida keng tarqalgan. Savol va topshiriqlar Dastlabki o'simliklar qachon va qanday sharoitda paydo bo'lgan? Siz o'rganib chiqqan o'simlik guruhlarining qaysi biri eng qadimgi hisoblanadi? Qadimiy suvo'tlar qanday ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 15:09:03
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.39 MB
Ko'rishlar soni
228 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:30
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 15:09 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.39 MB
Ko'rishlar soni
228 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:30 ]
Arxiv ichida: pptx