46-§. YOPIQ URUG'LI O'SIMLIKLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR 6-sinf botanika darsligi asosida. 2017. Hozirgi vaqtda Yer sharini qoplagan o'simliklarning asosiy qismini yopiq urug'li o'simliklar tashkil qiladi. Yopiq urug'lilar o'simliklar olamining boshqa guruhlariga qaraganda har taraflama ancha murakkab tuzilgan. Ular gulli o'simliklardir. Haqiqiy gul esa yopiq urug'lilardan boshqa o'simlik guruhlarining hech birida bo'lmaydi. Haqiqiy gul gulqo'rg'on, changchi va urug'chidan tashkil topgan. Yopiq urug'li o'simliklarda urug'kurtak ochiq urug'lilardagiga o'xshash qubba tangachalari ustida ochiq holda emas, balki urug'chining tugunchasi ichida, tuguncha devori bilan o'ralgan holda yetishadi. Changlanish va urug'lanishdan so'ng urug'kurtakdan urug', tugunchadan esa meva hosil bo'ladi. Demak, yopiq urug'lilarning urug'i meva ichida yetishadi. Shuning uchun ham bu o'simliklar yopiq urug'lilar deb ataladi. Tugunchalar ichida yetiladigan urug'kurtaklar va meva ichida rivojlanadigan urug'lar muhitining noqulay sharoitidan: sovuq va ortiqcha issiqdan, qurg'oqchilik va ortiqcha namlikdan, zararkunanda va kasalliklardan yaxshiroq himoyalangan bo'ladi. Bu bo'limga xos eng muhim belgilardan biri qo'sh urug'lanishdir. Yopiq urug'li o'simliklar urug'ining yaxshi, sog'lom rivojlanishi, tez va oson tarqalishi hamda o'sish xususiyatini tez yo'qotmasligi tufayli o'simliklar olamida asta-sekin hukmronlik qila boshlagan. Yopiq urug'li o'simliklarning ichki tuzilishi ham ancha murakkab. Masalan, ularning ildiz, poya va barglaridagi o'tkazuvchi to'qimalari uzun, yog'ochlangan o'lik hujay-ralardan tashkil topgan o'tkazuvchi naylardan iborat. Yopiq urug'li o'simliklarning hayotiy shakllari har xil. Ular ichida bir yillik, ikki yillik, ko'p yillik o'tlar, chalabutalar, buta va daraxtlar mavjud. Hozirgi vaqtda fanga yopiq urug'li o'simliklarning 250 00 dan ortiq turi ma'lum. Bu boshqa barcha o'simlik guruhlari turlarining umumiy soniga teng demakdir. Yopiq urug'li o'simliklar katta ikki sinfga - ikki urug'-pallalilar va bir urug'pallalilar sinfiga bo'linadi. Bu sinflar o'rtasidagi farq asosan quyidagi belgilar bilan aniqlanadi Bir va ikki urug'pallali o'simliklarning asosiy farq-lari. Ikki urug'pallalilar: Mo'rtagi ikki urug'pallali. Unayotgan o'simlik tuproq-dan ikkita urug'pallabarg bilan chiqadi. Mo'rtak ildizchasidan hosil bo'lgan asosiy ildiz uzoq muddat yoki o'simlik hayotining oxirigacha saqlanib qoladi. Barg yaprog'i patsimon yoki panjasimon tomirlangan. Poyasi kambiyli, yo'g'onlasha oladi. Gulqo'rg'oni ko'pincha murakkab, gulkosachabarg va gultojbarglari halqada 4-5 tadan o'rnashgan. Bir urug'pallalilar: Mo'rtagi faqat bitta urug'pallabargli. Unayotgan o'simlikda urug'pallabarg yer ostida qoladi. Mo'rtak ildizchasidan hosil bo'lgan asosiy ildiz tezda nobud bo'ladi, uning o'rnini esa mo'rtak poyasidan o'sib chiqqan bir to'p qo'shimcha ildizlar egallaydi. Barg yaprog'i yoysimon yoki parallel tomirlangan. Poyasi kambiysiz, yo'g'onlasha olmaydi. Gulqo'rg'oni oddiy, gulqo'rg'on qismlari halqada 3 tadan Savol va topshiriqlar Yopiq urug'li o'simliklar ochiq urug'li o'simliklardan qan-day farq qiladi? Qanday o'simliklar yopiq urug'li o'simliklar deyiladi? Ikki urug'pallalilar sinfiga kiruvchi o'simliklar qaysi belgilari bilan tavsiflanadi? Bir urug'pallalilar sinfiga kiruvchi o'simliklar qaysi belgilari bilan tavsiflanadi? Yopiq urug'li o'simliklarning odamlar ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 15:09:03
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.58 MB
Ko'rishlar soni
250 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:30
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 15:09 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.58 MB
Ko'rishlar soni
250 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:30 ]
Arxiv ichida: pptx