42-§. YO'SINILAR BO'LIMI 6-sinf botanika darsligi asosida. 2017. Yo'sinlarning Yer yuzida 20 00 dan ortiq turi uchraydi. Ular asosan sernam tuproqlarda o'sishga moslashgan. Barcha yuksak o'simliklar kabi ko'payishi jinsiy va jinssiz bo'g'inlarning gallanishi bilan amalga oshadi. Yuksak o'simliklar hayotida jinssiz (sporofit) va jinsiy (gametofit) bo'g'inlar gallanadi. Yo'sinlar hayotida boshqa yuksak o'simliklardan farq qilib, jinsiy bo'g'in ustunlik qiladi. Yo'sinlar yuksak o'simliklarning eng qadimiy va juda sodda tuzilgan vakillari bo'lib, olimlarning taxminicha, suvo'tlardan kelib chiqqan. Ularning bo'yi 4-5 mm dan 40 sm gacha boradi. Ayrimlarining tanasi, xuddi suvo'tlarning tanasiga o'xshash, bargsimon tallomdan iborat. Ko'pchilik yo'sinlar poya-bargli o'simliklardir, lekin ularning ildizi bo'lmaydi, ular tuproqqa rizoidlar orqali birikib turadi. Ildizi va o'tkazuvchi sistemalari yo'qligi bilan yo'sinlar bosh-qa yuksak o'simliklardan farq qiladi va taraqqiyot bo'yicha ulardan keyinda turadi. Yo'sinlar sporalar bilan ko'payadi. Ularning jinsiy a'zolari tuban o'simliklardan farq qilib, ko'p hujayrali bo'ladi. Erkaklik jinsiy a'zosi anteridiy, urg'ochilik jinsiy a'zosi esa arxegoniy deb ataladi. Yo'sinlarning urug'lanishi suvda, harakatchan spermatozoidlar orqali amalga oshadi. Poyabargli yo'sinlar tabiatda juda keng tarqalgan bo'lib, tundrada, botqoqliklar va zax yerlarda yer yuzini butunlay qop-lab oladi. Bunga misol qilib O'rta Osiyo tekisliklarida keng tarqalgan funariya yo'sinini olish mumkin Funariya yo'sini bo'yi 1-3 sm keladigan bir uyli o'simlik. Bu o'simliklarning och yashil rangli gilamchalarga o'xshash maysalarini erta bahorda ariq bo'ylarida, zax bosgan devorlarda, hovlilarning oftob kam tushadigan yerlarida, daraxt po'stloqlarida ko'rish mumkin. Funariya yo'sinining poyasi ingichka, ketma-ket o'rnash-gan bargchalar bilan qoplangan. Poyaning tubi tuproq ichiga rizoidlar chiqarib, poyani tuproqqa biriktiradi. Funariyaning barglari asosan bir qavat hujayralardan tashkil topgan. Ularning hujayralarida xlorofill donachalari bor. Bu ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 15:09:03
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.65 MB
Ko'rishlar soni
185 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:09
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 15:09 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.65 MB
Ko'rishlar soni
185 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:09 ]
Arxiv ichida: pptx