19-§. Nafas olish, nafas olish organlarining tuzilishi 8-sinf Odam va uning salomatligi darsligi asosida. 2014 Ahamiyati va funksiyasi Odam va har bir boshqa tirik organizm tashqi muhitdan kislorod qabul qilib, karbonat angidrid gazini chiqarib turishi nafas olish deb ataladi. Nafas olish jarayoni quyidagi qismlardan iborat: O'pka alveolalari va tashqi muhit o'rtasida kislorod va karbonatangidrid almashinuvi (tashqi nafas olish). O'pka alveolalari va o'pkaning kapillar qon tomirlari o'rtasida kislorod hamda karbonat angidrid almashinuvi. Qon va to'qimalar o'rtasida kislorod va karbonat angidridalmashinuvi (ichki nafas olish). Nafas olish organlariga burun bo'shlig'i, hiqildoq, kekirdak (traxeya), bronxlar, o'pkalar va plevra pardalari kiradi Burun bo'shlig'i to'siq bilan ikkiga bo'lingan. Uning ichki yuzasi shilimshiq parda bilan qoplangan. Bu pardada juda ko'p mayda bezchalar bo'lib, ulardan havoni tozalash vazifasini bajaruvchi shilimshiq suyuqlik ajraladi. Burun bo'shlig'i nafas havosini tozalaydi va ilitib o'tkazadi. Hiqildoq IV-VI bo'yin umurtqalari ro'parasida joylashgan. Hiqildoq havo o'tkazuvchi nafas yo'li vazifasini bajarishdan tashqari, u tovush hosil qiladigan ovoz apparati hamdir. Uning ichki qavati tukli shilimshiq pardadan iborat, devori esa tog'ay va muskullardan tashkil topgan. Ichki qavatining o'rtasida tovush boylamlari va muskullari joylashgan. Ularning harakati, qisqarishi va bo'shashishi natijasida ovoz teshiklari ochilishi yoki yopilishi orqali tovush hosil bo'ladi. Hiqildoqdan havo uning pastki qismiga tutashgan nafas yo'liga, ya'ni kekirdakka o'tadi. Kekirdak (traxeya) hiqildoqning pastki qismidan, ya'ni VI-VII bo'yin umurtqalari ro'parasidan boshlanib, V ko'krak umurtqasi ro'parasigacha davom etadi va shu joyda o'ng va chap bronxlarga bo'linadi. Uning uzunligi odamning bo'yiga qarab, 9-13 sm gacha yetadi. Kekirdakning devori 16-20 ta yarimaylanasimon tog'aylar va paylardan tashkil topgan. Bronxlar V ko'krak umurtqasi ro'parasida ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 17:38:48
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx, pdf
Fayl hajmi
24.8 MB
Ko'rishlar soni
540 marta
Ko'chirishlar soni
291 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:22
Arxiv ichida: pptx, pdf
Joylangan
03 Aug 2022 [ 17:38 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx, pdf
Fayl hajmi
24.8 MB
Ko'rishlar soni
540 marta
Ko'chirishlar soni
291 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:22 ]
Arxiv ichida: pptx, pdf