8-sinf Odam salomatligi Nerv sistemasi gigiyenasi

8-sinf Odam salomatligi Nerv sistemasi gigiyenasi

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
8-sinf Odam salomatligi Nerv sistemasi gigiyenasi - rasmi

Material tavsifi

46- §. Nerv sistemasi gigiyenasi 8-sinf Odam va uning salomatligi darsligi asosida. 2014 Nevrozlar, alkogol, alkogolizm, giyohvandlik Aqliy va jismoniy mehnat gigiyenasi. Har bir odam tabiatning eng muhim mo'jizasi bo'lgan miyani ehtiyot qilishi va uni takomillashtirish uchun zarur bo'lgan gigiyena chora-tadbirlariga amal qilishi zarur. Bola tug'ilgan kunidan boshlab uning parvarishi, tarbiyasi, kasallikdan, shikastlanishdan saqlanishi ota-ona, tarbiyachilar, o'qituvchilar e'tiborida bo'lishi kerak. Bola voyaga yetgan sari ongi, aql-idroki bilan o'z sog'lig'ini avaylashi, zararli odatlarga berilmasligi, kun tartibiga rioya qilishi, aqliy va jismoniy faoliyatni navbati bilan almashtirib turishi nerv sistemasining normal rivojlanishiga yordam beradi. Aqliy mehnat vaqtida (o'qish, yozish, fikrlash, masala yechish, dars tinglash, tayyorlash va hokazo), asosan, ko'rish, eshitish, nutq organlari va bosh miya po'stlog'i markazlarining nerv hujayralari ish bajaradi. Ma'lum vaqt davomida bu sezgi organlari va ularning miyadagi markazlarining ish bajarish qobiliyati yaxshi bo'ladi. Ammo aqliy faoliyat uzoq davom etaversa, ularning ish qobiliyati asta-sekin pasayib, ish sifati yomonlasha boshlaydi. Miya nerv hujayralari charchashining oldini olish uchun kundalik hayotda bir necha xil gigiyena tadbirlari joriy qilingan. Jumladan, maktablarda, oliy o'quv yurtlarida har 45 minutlik darsdan keyin 5-10 minutlik tanaffus vaqtida sinf xonasini shamollatish, sinf xonasida o'tirmasdan maktab hovlisiga chiqib yurish, badantarbiya mashg'ulotlari o'tkazish, har xil harakatli sport o'yinlari bilan shug'ullanish kerak. Jismoniy mehnat tananing skelet muskullari, paylari, bo'g'imlari, orqa va bosh miyaning nerv hujayralari to'plamidan tashkil topgan harakat markazlari ishtirokida bajariladi. Ma'lum bir jismoniy mehnat bajarilgan vaqtda shu ishni bajarishga taalluqli muskul guruhlari qisqarib-bo'shashadi, ularning ishini boshqaruvchi nerv markazlari qo'zg'aladi. Murakkab harakatlar bilan bog'liq jismoniy ishlarni bajargan vaqtda bir necha muskul guruhlari ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.13 MB
Ko'rishlar soni 211 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:22 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.13 MB
Ko'rishlar soni 211 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga