8-sinf Odam salomatligi O'pka va to'qimalarda gazlar almashinuvi

8-sinf Odam salomatligi O'pka va to'qimalarda gazlar almashinuvi

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
8-sinf Odam salomatligi O'pka va to'qimalarda gazlar almashinuvi - rasmi

Material tavsifi

21-§. O'pka va to'qimalarda gazlar almashinuvi 8-sinf Odam va uning salomatligi darsligi asosida. 2014 Nafas olish va uning ahamiyati Nafas bilan qabul qilinadigan va chiqariladigan havoning tarkibi. Atmosfera havosi tarkibida 20,94 % kislorod, 0,03 % karbonat angidrid, 79,3 % azot bo'ladi. Boshqa gazlar juda kam miqdorda bo'ladi. Nafas bilan chiqarilgan havo tarkibida esa 16,3 % kislorod, 4 % karbonat angidrid, 79,7 % azot bo'ladi. O'pkalarda gazlar almashinuvi. O'pkalarda gazlar almashinuvi alveolalarda o'tadi. Alveolalarning devori juda yupqa (0,004 mm) bo'ladi. Ularning atrofini mayda qon tomirlari to'rsimon shaklda o'rab turadi. Nafas olgan vaqtda atmosfera havosi nafas yo'llari orqali alveolalar bo'shlig'iga kiradi. Alveolalar va ular atrofini o'rab turgan mayda qon tomirlari devori o'rtasida diffuziya yo'li bilan gazlar almashinadi. Alveola bo'shlig'idagi havo tarkibidagi kislorod qonga o'tadi, qondagi karbonat angidrid gazi esa alveolalarga o'tadi. Buning sababi shundaki, alveolalardagi havo tarkibidagi kislorodning bosimi, qon tarkibida esa karbonat angidrid gazining bosimi yuqori bo'lishidir. Tinch holatda odam bir minutda atmosfera havosidan 250-300 ml kislorod qabul qiladi. To'qimalarda gazlar almashinuvi. O'pka alveolalaridan diffuziya yo'li bilan qonga o'tgan kislorod qizil qon tanachalari - eritrotsitlar tarkibidagi gemoglobin bilan birikib, odam tanasining barcha to'qimalariga boradi. Qon bilan to'qimalar (hujayralar) o'rtasida gaz almashinuvi ham xuddi o'pka alveolalari bilan qon tomirlari o'rtasidagi gazlar almashinuviga o'xshab, diffuziya yo'li bilan boradi. Qonda kislorodning bosimi yuqori bo'lganligi uchun u to'qimaga o'tadi, to'qimada esa karbonat angidrid gazining bosimi yuqori bo'lib, u qonga o'tadi. Turli muhit sharoitida nafas olish Atmosfera bosimi 760 mm simob ustuniga teng bo'lganida, odam organizmidagi barcha fiziologik jarayonlar, jumladan, nafas olish jarayoni ham normal o'tadi. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 21.53 MB
Ko'rishlar soni 257 marta
Ko'chirishlar soni 23 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:22 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 21.53 MB
Ko'rishlar soni 257 marta
Ko'chirishlar soni 23 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga