8-sinf Biologiya fanidan Odam organizmining hujayraviy tuzilishi dars taqdimot

8-sinf Biologiya fanidan Odam organizmining hujayraviy tuzilishi dars taqdimot

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
8-sinf Biologiya fanidan Odam organizmining hujayraviy tuzilishi dars taqdimot - rasmi

Material tavsifi

2- §. Odam organizmining hujayraviy tuzilishi 8-sinf Odam va uning salomatligi darsligi asosida. 2014 Tuzilishi, tarkibiy qismlarga bo'linishi Hujayraning tuzilishi. Hujayra odam tanasining tuzilishi va funksiysining asosiy birligidir. XVII asrning 60-yillarida Londondagi Fiziklar jamiyatining a'zosi R. Guk (1635-1703) mikroskop yordamida o'simlik hujayrasining tuzilishini birinchi bo'lib o'rgangan. Robert Guk (1635-1703) Mikroskopning ixtiro etilishi va mukammallashtirilishi, ayniqsa, elektron mikroskopning yaratilishi hujayraning ilgari ma'lum bo'lmagan qismlarini o'rganishga imkon berdi. Odam organizmi turli to'qima va organlari hujayralarining shakli har xil: sharsimon, oval, kubsimon, silindrsimon, yulduzsimon, disk- simon va hokazo bo'ladi. Hujayra uch qismdan: membrana (parda), sitoplazma va yadrodan tuzilgan. Hujayra membranasi uning sirtini qoplab turuvchi yupqa parda bo'lib, oqsil va yog' (lipid)lardan tashkil topgan. Membrana hujayrada moddalar almashinuvi jarayonida muhim ahamiyatga ega. Membrananing yana bir muhim xususiyati shuki, u hujayra ichidagi va hujayra tashqarisidagi (hujayralararo) suyuqliklardagi ionlar tarkibi ma'lum muvozanatda bo'lishini ta'minlaydi. Hujayra sitoplazmasini membrana o'rab turadi. Sitoplazmaning tarkibi organik va anorganik moddalardan iborat. Yadro hujayraning eng muhim tarkibiy qismlaridan biri bo'lib, u qizil qon hujayralaridan tashqari, deyarli hamma hujayralarda bo'ladi. Yadro quyidagi funksiyalarni bajaradi: 1) hujayrada kechadigan hamma fiziologik jarayonlarni boshqaradi; 2) hujayrada moddalar almashinuvi va oqsillar sintezlanishini boshqaradi; 3) irsiy axborotni saqlaydi. Hujayra yadrosi quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topgan: 1) yadroni sirtdan o'rab turuvchi parda; 2) yadro shirasi; 3) yadrocha; 4) xromosomalar. Odamning somatik (tana) hujayralari yadrosida 46 ta xromosoma, jinsiy hujayralarda 23 tadan xromosoma bo'ladi. Har qaysi xromosoma tarkibida mingtagacha va bundan ham ko'proq gen bo'ladi. Xromosoma va genlar hujayraning irsiy apparati hisoblanadi. Hujayraning kimyoviy tarkibi. Hujayraning barcha tarkibiy qismlari anorganik ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 11.85 MB
Ko'rishlar soni 309 marta
Ko'chirishlar soni 22 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:22 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 11.85 MB
Ko'rishlar soni 309 marta
Ko'chirishlar soni 22 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga