8-sinf Odam salomatligi Odam tanasi muskullarining asosiy guruhlari

8-sinf Odam salomatligi Odam tanasi muskullarining asosiy guruhlari

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
8-sinf Odam salomatligi Odam tanasi muskullarining asosiy guruhlari - rasmi

Material tavsifi

8- §. Odam tanasi muskullarining asosiy guruhlari 8-sinf Odam va uning salomatligi darsligi asosida. 2014 Skelet muskullari odam tanasining turli qismlarida quyidagi tartibda joylashgan: bosh, bo'yin, gavda, qo'l va oyoq muskullari. Bosh muskullari bajaradigan ishiga ko'ra, chaynash va mimika muskullariga bo'linadi. Chaynash muskullariga chakka, chaynash muskullari kiradi. Mimika muskullariga ko'zning aylana muskuli, qoshlarni bir-biriga yaqinlashtiruvchi, og'izning aylana muskuli kabilar kiradi. Mimika muskullari odamning har xil ruhiy holatlarini ifodalashda ishtirok etadi. Ular, ayniqsa, qiziqchilarda yaxshi rivojlangan bo'ladi, chunki ular bu muskullarni maxsus mashq qildiradi. Bu muskullar suyaklarga birikmaydi. Bo'yin va tanamuskullari. Bo'yin muskullariga bo'yinning teriosti muskuli, to'sh-o'mrov so'rg'ichsimon muskuli kabilar kirib, ular boshning turli harakatlarini ta'minlaydi. Tana muskullari joylashishiga qarab ko'krak, qorin va orqa muskullaridan iborat. Ko'krak qafasi muskullariga ko'krakning katta va kichik muskullari, o'mrovosti muskuli, qovurg'alararo (tashqi va ichki) muskullar hamda ko'krak qafasi va qorin bo'shlig'i o'rtasida joylashgan diafragma muskuli kiradi. Bu muskullar nafas olish, nafas chiqarishda, qo'llarni harakatlantirishda ishtirok etadi. Qorin muskullari qorin devorini hosil qilishda, nafas harakatlarida, umurtqa pog'onasini bo'qishda, qorin bo'shlig'idagi ichki organlar bosimini saqlashda, kuchanish jarayonida ishtirok etadi. Qorin muskullari ayollarda yaxshi rivojlanganligi uchun tug'ish jarayoni oson o'tishiga yordam beradi. Orqa muskullariga trapetsiyasimon, orqaning serbar muskuli, rombsimon kabi muskullar kiradi. Orqa muskullari umurtqa pog'onasi va kurak suyagi harakatlarini ta'minlaydi. Ular gavdani rostlab turadi. Qo'l muskullari yelka kamari va qo'l muskullaridan iborat. Yelka kamari muskullariga deltasimon, kurak sohasidagi muskullar kiradi. Qo'l muskullari yelka, bilak va qo'l panjasi sohasidagi muskullarga bo'linadi. Oyoq muskullari son, boldir va oyoq panjasi muskullariga bo'linadi. Savol va topshiriqlar Skelet muskullari odam tanasida qanday ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.73 MB
Ko'rishlar soni 193 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:22 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.73 MB
Ko'rishlar soni 193 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga