1- §. Odam va uning salomatligi to'g'risida umumiy tushuncha 8-sinf Odam va uning salomatligi darsligi asosida. 2014 Salomatlik, anatomiya, fiziologiya, gigiyena Salomatlik odam organizmining biologik, aqliy, ruhiy, jismoniy holatlari va mehnat faoliyatining muvozanatlashgan birligidir. Sihat-salomatlik har bir odam uchun baxt-saodatdir. Mehnat unumdorligining oshishi, mamlakat iqtisodiy qudratining yuksalishi va xalq farovonligini ta'minlashning zarur shartlaridan biri ham salomatlikdir. Sihat-salomatlikka nisbatan ongli va mas'uliyat bilan yondashish har bir insonning turmush va axloqiy mezoni bo'lishi lozim. O'zbekiston Respublikasida sog'lom, jismonan baquvvat, bilimli, ma'naviy-axloqiy yetuk, har tomonlama kamol topgan shaxsni shakllantirish davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 40 moddasida Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega, 41- moddasida esa Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta'lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir, deyilgan. Odam organizmining tuzilishini anatomiya, uning faoliyatini fiziologiya, yashashi, normal o'sishi, rivojlanishi, o'qishi, mehnat qilishi uchun zarur sharoit yaratishni gigiyena fanlari asosida o'rganiladi. Salomatlikni saqlash va mustahkamlash uchun avvalo odam o'z tanasining tuzilishi, har qaysi to'qima va organlarining normal faoliyatini, o'sish, rivojlanish va ko'payish qonuniyatlarini bilishi zarur. Shuningdek, barcha tirik mavjudotlar kabi, odamga ham xos bo'lgan bu biologik xususiyatlarni asrash va tobora takomillashtirish uchun zarur bo'lgan shart-sharoitni mukammal bilish va yaratish talab etiladi. Odam organizmining barcha to'qima va organlari bir-biri bilan chambarchas bog'liq. Shuningdek, organizm tevarak-atrof muhiti bilan ham doimiy aloqadadir. Bu ikkala bog'lanish nerv va endokrin sistemalar orqali boshqariladi. Sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida bolalar va o'smirlar organizmida o'sish va rivojlanishning buzilishi, tayanchharakatlanish, yurak-qon tomir, nafas olish, ovqat hazm qilish organlarining surunkali ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 17:38:48
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.51 MB
Ko'rishlar soni
219 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:22
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 17:38 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.51 MB
Ko'rishlar soni
219 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:22 ]
Arxiv ichida: pptx